Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Yosh qilichbozlarimiz Rossiyadagi turnirning jamoaviy bahslarida g‘olib bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Kecha qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi a’zolari 4 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni S.Pozdnyakov sovrini uchun o‘tkazilayotgan Rossiya ochiq chempionatida ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik. Sablya bo‘yicha yakkalik bahslarida Sherzod Mamutov bronza medaliga sazovor bo‘lgandi. Jamoaviy bellashuvlarda esa yigitlarimiz oltin medalga ega chiqishdi.

Musobaqada 28 ta jamoa (Rossiyadan 26 ta, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari) ishtirok etdi. Yigitlarimiz 1/8 finaldan o‘z ishtiroklarini boshlashdi. Ushbu bosqichda Novosibirskning «Viktoriya» jamoasi 45:26 hisobida mag‘lub etildi. Chorak finalda esa «Sankt-Peterburg» jamoasi 45:33 hisobida taslim etildi. Yarim finalda Novosibirskning «Spartak» jamoasidan 45:31 hisobida ustun kelgan yigitlarimiz hal qiluvchi bellashuvda Moskvaning SSKA klubi qilichbozlariga qarshi kurash olib borishdi. Qizg‘in kechgan bahsda vakillarimiz 45:41 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandilar.

Ma’lumot uchun, musobaqada yurtimiz sharafini Jaloliddin Dushamboyev, Pazilbek Genjebayev, Sherzod Mamutov, Bobur Rasulov himoya qildi.

Qizlarimiz esa bitta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bilan musobaqani yakunlashdi.

Manba: ol.jpg
Kiritildi: 23:22, 23.12.2018.
O'qildi: 2104 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик