Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol - Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa - Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal - PSJ
01/10 23:59 Bayer - Milan
01/10 23:59 Borussiya D - Seltik
01/10 23:59 Barselona - Yang Boyz
01/10 23:59 Inter - Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV - Sporting
01/10 23:59 Slovan - Manchester Siti

Rekordga hali bor yoxud 29 ta klub bilan shartnoma imzolagan futbolchi haqida

Rekordga hali bor yoxud 29 ta klub bilan shartnoma imzolagan futbolchi haqida

Baho:
+ | -

Aql bovar qilmas faktlarni o‘z ichiga olgan quyidagi maqola aynan 42 yoshli Sebastyan Abreu va boshqa «sayohatchi» futbolchilar tarixi haqida. Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi, JCH-2010 ishtirokchisi Sebastyan Abreu yaqinda Braziliyaning «Riu Branku» jamoasi safiga qo‘shildi. Bu uning uchun faoliyatidagi 29-klub (!)dir. Xullas, OAVda 42 yoshli Abreu rekordchi sifatida e’tirof etilmoqda. Ya’ni boshqa hech qaysi futbolchi faoliyati davomida bunchalik ko‘p jamoa libosini kiymagan ekan. Lekin bunga zid ma’lumotlar ham bor. Xo‘sh, yana kimlar klub almashtirish bobida «jahon chempioni» maqomiga da’vogarlar? Sebastyan Abreu Janubiy Amerika, xususan, o‘z vatanida nega El Loco (ma’nosi - jinni, telba) laqabini olgan?

Bitta klubga sodiq «ko‘chmanchi»

Sebastyan Abreuning professional futboldagi birinchi klubi - bu «Defensor Sporting» (Urugvay). 1994-1996 yillar oralig‘ida shu jamoa sharafini himoya qilgan hujumchi keyin Argentina chempionatiga yo‘l olib, «San-Lorenso» bilan shartnoma tuzdi. Diyego Maradona yurtida 1,5 yil o‘ynaganidan so‘ng esa, yevrofutbolni zabt etishga chog‘landi. Biroq urugvaylik futbolchining birinchi urinishi samarasiz yakunlandi - «Deportivo» (La-Korunya) asosiy tarkibidan joy ololmadi. Shu-shu Abreu uchun jahongashtalik boshlandi. Xususan, navbatdagi 3 mavsumda yana uch bora jamoa almashtirdi, boz ustiga, turli chempionatlarda. Qisqasi, Sebastyanning mehnat daftarchasi 2ta yangi klub («Gremiu» va «Tekos») hamda 1ta eski «tanish» («San-Lorenso») hisobiga boyidi. Shundan keyingina futbolchi klublar ichida o‘z muhabbatini topdi - «Nasyonal». Har holda, Abreu bu jamoa safiga naq 5 marta (!) qo‘shildi, ammo ko‘ngli yangi sarguzasht tusagani hamono darhol «aylanib kelish»ga chiqaverardi. Mana, u yana yo‘lga tushdi. Diqqatga sazovor fakt shuki, Sebastyan qayerda o‘ynamasin, xoh «Amerika», yoki «River Pleyt», xoh «Beytar» yoki «Real Sosyedad» - hamma joyda bir odatga amal qildi. Ya’ni u amaldagi jamoasi libosi ostidan yana bir futboka kiyib tushadi. Bunisi buyurma asosida tikilgan bo‘lib, unda «Nasyonal» klibi va Urugvay termasining rasmiy libosiga xos elementlar uyg‘unlashtirilgan. Vaqt o‘tishi bilan esa, Abreu ichki formasiga o‘z farzandlari ismini ham yoza boshladi. Umuman olganda, «ko‘chmanchi» hujumchi professional futboldagi hayoti davomida jami 34 marta (!) jamoa almashtirdi. Oddiy aytsak, urugvaylik jahongashta «Nasyonal»ga 4 marta qaytgan bo‘lsa, «San-Lorenso», «Tekos» va «River Pleyt»da 2 martadan faoliyat yuritdi. To‘g‘ri, Montevideo jamoasi safiga 5 bora qo‘shilganiga qaramay, umumiy statistikasi o‘rtacha: 85ta o‘yin, 48ta gol. Eng yaxshi ko‘rsatkichni esa Braziliyaning mashhur «Botafogo»sida qayd etdi: 105ta o‘yin, 62ta gol va 7ta samarali uzatma. Umumiy manzaraga qarasak, Abreu naq 11ta mamlakat - Meksika, Braziliya, Urugvay, Argentina, Chili, Ispaniya, Isroil, Gresiya, Ekvador, Paragvay va Salvador chempionatlarida o‘ynadi.

Sebastyan Abreuning faoliyat yo‘li («Riu Branku» safiga qo‘shilishiga qadar)

Mamlakat

Klublar

Urugvay

«Defendor Sporting» (1994-1996), «Nasyonal» (2001, 2003-2004, 2005, 2013, 2015),

«Sentral Espanyol» (2017)

Argentina

«San-Lorenso» (1996-1997, 2000-2001), «River Pleyt» (2008), «Rosario Sentral» (2013-2014)

Ispaniya

«Deportivo» (1998), «Real Sosyedad» (2009)

Braziliya

«Gremiu» (1998), «Botafogo» (2010-2012), «Figeyrense» (2012), «Bangu» (2017)

Meksika

«Tekos» (1999-2000, 2004), «Krus Asul» (2002-2003), «Amerika» (2003),

«Dorados de Sinaloa» (2005-2006), «Monterrey» (2006), «San-Luis» (2007), «Tigres» (2007)

Isroil

«Beytar» (2008)

Gresiya

«Aris» (2009)

Ekvador

«Aukas» (2015)

Paragvay

«Sol de Amerika» (2016)

Salvador

«Santa-Tekla» (2016)

Chili

«Deportes Puerto-Mont» (2017), «Audaks Italyano» (2018), «Magalyanes» (2018)

  Britaniyaning o‘zida 29ta klub!

Ha, jahon futboli tarixida klublar aro sayohat qilish bobida Abreudan qolishmaydigan o‘yinchi ham bor. Gap 3 dekabr kuni 67 yoshini qarshilagan angliyalik darvozabon Jon Barrij haqida ketmoqda.  Bitta farqi shuki, nafaqadagi kiper 28 yil davomida turli darajada faoliyat olib borgan, ammo biror marta Buyuk Britaniyadan tashqariga chiqqan emas. Shunday bo‘lsada, u Angliyaning o‘zida 23ta jamoani ko‘rgan, shuningdek, Shotlandiyaning 6ta klubi sharafini himoya qilgan. Yana bir tomoni, Barrijning mehnat daftarchasida yarim professional jamoalar qatori nomdorlari ham ko‘p. Deylik, Jon vaqtida «Manchester Siti», «Aston Villa», «Nyukasl», «Kristall Pelas», «KPR» va «Sautgempton» jamoalarida ham o‘ynagan. O‘xshash tarifi ham yo‘q emas: Barrij xuddi Abreu kabi ba’zi klublar ro‘yxatiga 2-3 marta tushgan. Aniqroq aytsak, «Nyukasl»dan ketgach, «qarg‘alar» safiga yana ikki bora qaytgan, qolaversa, Angliya Premyer-ligasi-2010G‘2011da ishtirok etgan «Blekpul», 2007 yili faoliyatini to‘xtatgan «Skarboro» hamda ayni payt mamlakat chempionati oltinchi divizionida o‘ynayotgan «Blayt Spartans» jamoalari bilan 2 martadan shartnoma tuzgan.

 Braziliyalik «abadiy dvigatel»

Urugvay futboli vakili Abreu va ingliz Barrijning faoliyat yo‘llari naqadar uzun va boy bo‘lmasin, ular ko‘p klub ko‘rish masalasida braziliyalik 49 yoshli Tuliu Kostaga tenglasholmaydilar. Ushbu hujumchi bundan 4 yil oldin butsalarini mixga ilgandi, biroq yaqinda yana maydonga qaytdi. Tuliu katta futbolda uzoq 1988 yili debyut qilgandi. Xullas, u ortda qolgan vaqt davomida naq 33ta klub (!) safida o‘ynab ko‘rdi. Ular orasida mashhurlari ham bor, albatta. Deylik, tinib-tinchimas Kosta «Botafogo», «Korintians» va «Kruzeyru» liboslarida maydonga tushgani bilan maqtanishi mumkin. Tuliu futboldagi asosiy qahramonlik va antiqahramonlikni esa Braziliya milliy jamoasi safida ko‘rsatgan. Ya’ni rekordchi futbolchi Amerika kubogi-1995 turnirida mamlakat bosh jamoasi safida harakatlanib, final o‘yinida Urugvay termasi darvozasini nishonga olgan, ammo asosiy vaqt 1:1 hisobida tugagach, penaltilar seriyasida omadsizlikka uchragan. Yakunda braziliyaliklar 3:5 hisobida yengilib, bosh sovrindan quruq qolishgandi. Muhimi, Tuliu o‘sha musobaqada !!!! Klaudio Taffarel, Roberto Karlos va Dunga kabi megayulduzlar bilan yelkama-elka turib, munosib to‘p surgandi. Umuman olganda, Kosta deyarli butun faoliyatini o‘z yurtida o‘tkazgan, lekin unda xorijda o‘ynash tajribasi ham yo‘q emas. Binobarin, jamoa almashtirish bobida jahon rekordchisi Shveysariyada «Syon», Vengriyada «Uypesht», Boliviyada «Xorxe Vilstermann», shuningdek, Saudiya Arabistonida «Al-SHabab» klublari bayrog‘i ostida maydonga tushgan.

  Filimonov, Pogrebnyak va Sisse

«Spartak» (Moskva) bilan Rossiya chempionatida 6 marta g‘olib chiqqan Aleksandr Filimonov hali-hamon safda. Asosan 1999 yili Ukraina termasiga qarshi kechgan o‘yindagi xatosi tufayli esga olinadigan 45 yoshli darvozabon ayni payt quyi liga vakili «Rosich» sharafini  himoya qilmoqda. Bu uning faoliyatidagi 16-klub hisoblanadi. Filimonov shunga parallel ravishda Rossiya o‘smirlar termasi (U-17)ni boshqarayotgan Aleksandr Kerjakovning murabbiylar shtabida ham ishlamoqda. Yana bir nomdor futbolchi - Pavel Pogrebnyak 2019 yili Rossiya Premyer-ligasiga qaytsa, ajabmas. «Zenit» safida «Bavariya»ni «tiz cho‘ktirib», UYEFA kubogidagi g‘alabada bosh rolni bajargan hujumchi joriy mavsum «Ural» sharafini himoya qilmoqda. 35 yoshli Pavel Yekaterinburg jamoasi tarkibida hali maydonga tushgani yo‘q, lekin bunga jiddiy jarohati sababdir. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, «Ural» Pogrebnyak uchun hisob bo‘yicha 12-klubdir. Joriy faoliyatiga nuqta qo‘ygan Spartak Gogniyev ham aynan 12ta jamoada o‘ynagan. U jumladan, Rossiya chempionati oliy divizionida naq 9ta klub libosini kiygan - bu  turnir rekordi. Rossiyada o‘ynagan nomdor xorijliklardan esa Jibril Sisse (37 yosh, 13ta klub) va Matey Kejman (39 yosh, 12ta klub)ni alohida ko‘rsatish mumkin.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:21, 30.12.2018.
O'qildi: 4927 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.