Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Osiyo Kubogi - 2019. O‘zbekiston MTJ va guruhdagi raqiblarimiz haqida qiziqarli faktlar

Osiyo Kubogi - 2019. O‘zbekiston MTJ va guruhdagi raqiblarimiz haqida qiziqarli faktlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasi boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. 24ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurashga kirishishga tayyor.   Osiyo futbol konfederasiyasi Osiyo Kubogida qatnashadigan terma jamoalar haqida qiziqarli faktlarni e’lon qildi. E’tiboringizga biz joy olgan "F" guruhi vakillari haqidagi ma’lumotlarni havola qilamiz.   Yaponiya "Ko‘k samuraylar" Osiyo Kubogidagi ishtirokni 1988 yil Qatardagi musobaqadan boshlashgan. Ushbu musobaqa yaponlar uchun muvaffaqiyatsiz tugagan. Ammo keyingi musobaqalarda ular juda yaxshi ishtirok etib, jami 4 marta Osiyo Kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritishgan.    O‘zbekiston Milliy terma jamoamiz darvozaboni Ignatiy Nesterov uchun Birlashgan Arab Amirliklaridagi musobaqa 5-Osiyo Kubogi hisoblanadi. Bu mutlaq rekord natija. Hozircha Osiyodagi hech qaysi futbolchi bu natijaga erishgani yo‘q. Server Jeparov ham agar BAAdagi musobaqaga borganida shunday natija qayd etgan bo‘lardi, ammo Ektor Kuper uni terma jamoaga chaqirmadi.  Nesterov milliy terma jamoa tarkibida 102ta uchrashuvda maydonga tushganini ham ta’kidlab o‘tish kerak.   Ummon Ummon terma jamoasi jami 3 marta Osiyo Kubogida qatnashgan bo‘lsa, birortasida ham guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan. Ammo ko‘p marta guruh bosqichida bo‘lajak Osiyo Kubogi sohiblari bilan durang natijaga erishganini ham ta’kidlab o‘tish zarur (Yaponiya, 2004, Iroq, 2007 va Avstraliya, 2015).   Turkmaniston Turkmaniston oxirgi marta 2004 yilda Osiyo Kubogida qatnashgan. Aynan o‘sha yili Osiyo Kuboklari doirasida Markaziy Osiyo derbisi bo‘lib o‘tgan: Turkmaniston guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi bahs olib borgandi. O‘shanda Mirjalol Qosimovning yagona goli terma jamoamizga g‘alaba keltirgandi. Oradan 13 yil o‘tgandan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi yana Turkmaniston bilan Osiyo Kubogida bahs olib boradi.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:25, 01.01.2019.
O'qildi: 5657 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.