Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Yosh sportchilarimiz «Vatanparvarlik oyligi»da faol ishtirok etishmoqda

Yosh sportchilarimiz «Vatanparvarlik oyligi»da faol ishtirok etishmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga binoan 15 dekabrdan boshlab Respublikamizda «Vatanparvarlik oyligi» o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan joylarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi 6 yanvar kuni Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, «Gandumtosh» qishlog‘ida o‘tkazildi.

Yoshlarga vatanparvarlik ruxini singdirish maqsadida tashkil etilgan festivalda buyuk bobolarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi ulug‘ sarkardalarning jang olib borish san’ati, vatan himoyasi yo‘lida ko‘rsatgan qahramonliklarini o‘z ichiga olgan sahna ko‘rinishlari, zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Bunday tadbirlarda sportchilarimiz ham faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, kamondan otish, boks, karate, taekvondo bilan shug‘ullanayotgan yoshlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Ma’lumot uchun, «Vatanparvarlik oyligi» 15 yanvarga qadar davom etadi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:11, 08.01.2019.
O'qildi: 2048 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик