Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Osiyo Kubogi kundaligi, 7-kun: Qadaming qutlug‘ kelsin, qizaloq!

Osiyo Kubogi kundaligi, 7-kun: Qadaming qutlug‘ kelsin, qizaloq!

Baho:
+ | -

Bugungi kun voqelarga boy bo‘ldi. Ummonga qarshi o‘yin oldidan komissar va boshqa rasmiylar ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi.   Ummon terma jamoasi delegasiyasi ham JAKO kompaniyasi liboslaridan foydalanisharkan. Hammamiz mitingda bir xil bo‘lib o‘tirdik. Rasmiy tadbirdan keyin matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanga anchagina jurnalist yig‘ildi. O‘zbekistondan kelgan hamkasblarimizdan tashqari mahalliy OAV vakillari va ummonlik jurnalistlar. 

Kuper O‘zbekiston MTJ Osiyo Kubogiga tayyor ekanini ma’lum qildi. Ha, biz tayyormiz! G‘alaba qozonishga tayyormiz!

O‘yinoldi rasmiy mashg‘ulot yengil tarzda o‘tdi. Uchrashuvdan bir kun avval futbolchilarga og‘ir yuklamalar berilmaydi. OFK vakillarining o‘z ishiga munosabat bo‘yicha ba’zi harakatlari hafsalani “pir” qilganini aytmasa, qolgan hammasi yaxshi o‘tdi.  Aytmoqchi bo‘lganim, ba’zi masalalarda OFK rasmiylariga savol bersak, bitta mutasaddi ruxsat bergan harakatni boshqasi ta’qiqlab qo‘ydi. O‘zaro uzviylik yo‘q OFKni o‘zida. Mayli, muhimi biz o‘z ishimizni professional tarzda bajarsak bo‘lgani. 

Mashg‘ulotdan so‘ng mehmonxonaga qaytganimizda, bizni o‘zbek milliy taomlaridan tayyorlangan kechki ovqat kutib turgan ekan.

O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra o‘zbek taomlarini sog‘ingan futbolchi va delegasiya a’zolari uchun maxsus tayyorlanibdi. Tabiiyki, futbolchilar taomlardan ko‘p yeyishgani yo‘q. Ozgina tatib ko‘rib, bir oz bo‘lsada Vatan sog‘inchini kamaytirishdi.

Ular haqiqiy professionallar kabi qachon qancha miqdorda ovqat  yeyish kerakligini yaxshi bilishadi. Muhimi, qat’iy taomlanish tartibiga rioya qilishadi. Avvalgi yig‘inlar vaqtidayoq bunga ishonch hosil qilgandim va bir oz bo‘lsa-da hayratlangandim. Chunki muxlislar orasida bizning futbolchilar tartibsiz hayot tarzini kechiradi degan noto‘g‘ri tushuncha shakllanib qolgan. Aslo unday emas!

Kechki taom paytida bugun tavallud kunini nishonlayotgan Sanjar Quvvatovni butun jamoa a’zolari nomidan O‘FA mutasaddilari tabriklab, unga tort taqdim qilishdi. Shuningdek, shu paytni o‘zida yana bir ajoyib xushxabar yangradi: milliy terma jamoa himoyachisi Davron Hoshimov bugun qiz farzandli bo‘libdi.  Qadaming qutlug‘ kelsin, qizaloq! Ertaga terma jamoa futbolchilari Ummon darvozasiga gol kiritadigan bo‘lishsa, uni qanday nishonlashlari endi aniq! 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 23:16, 08.01.2019.
O'qildi: 4113 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик