Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Yengil atletika. Chirchiqda Olimpiya terma jamoasiga nomzodlar saralanadi

Yengil atletika. Chirchiqda Olimpiya terma jamoasiga nomzodlar saralanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

17 yanvar kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yengil atletika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirning ahamiyatli tomoni shundaki, unda terma jamoamizning Tokio 2020 Olimpiadasida ishtirok etish uchun nomzod bo‘lgan a’zolari ham qatnashadilar.

Qayd etish lozimki, qishda yengil atletikaning uloqtirish yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar har doim ham o‘tkazilavermaydi. Chunki, bunday bahslar ochiq havoda tashkil qilinadi. Ammo, Tokio 2020 Olimpiadasida maqsadlar ulkan. Shu sababli, vaqtni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun qish faslida ham ushbu musobaqa bo‘lib o‘tadi. Turnir orqali terma jamoamiz a’zolarining jismoniy holati sinovdan o‘tkaziladi. Qolaversa, yil davomida sportchilarimizni ko‘plab xalqaro musobaqalar kutib turibdi. O‘tkazilayotgan turnir oldindagi mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini ham bajaradi.

Ta’kidlash joizki, sportchilarimizni sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan turnirlar yil davomida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 22:05, 15.01.2019.
O'qildi: 1782 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.