Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Andrey Fyodorov: «Lokomotiv» yangi mavsumda ham jangovorlikni yo‘qotmaydi»

Andrey Fyodorov: «Lokomotiv» yangi mavsumda ham jangovorlikni yo‘qotmaydi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov yangi mavsum oldidan jamoaning rejalari haqida fikr bildirdi.

- Avvalo barchani kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman, unda orzu qilgan barcha tilaklaringiz ushalishini tilab qolaman.

Yangi mavsumga tayyorgarlikni 3 yanvar kuni Toshkentda boshladik va u yerda 6 kun mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Shundan keyin navbatdagi mavsumga kuchliroq tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun Dubayga yetib keldik. Chunki endi mavsum oldingilariga qaraganda ikki hafta keyinroq boshlanadi. Ha, Superkubok doirasidagi o‘yinimiz bor.

Tushunarliki, "Lokomotiv"ning oldidagi asosiy vazifasi - har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish. Biroq, asosiysi hozirda barcha futbolchilar sog‘-salomat, shu boisdan tayyorgarlik ham yaxshi ketmoqda. Asosiy futbolchilarimizning bir necha nafari endi boshqa klub safida harakat qilishadi. Ularning keyingi faoliyatiga omad tilayman. Yangi olgan o‘yinchilar ketganlarning o‘rnini to‘liqligicha bosa oladi deb o‘ylayman. Shu boisdan ayta olaman. Jamoa o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan jangovorlikni yo‘qotmaydi.

Odatga ko‘ra yig‘inlarni o‘tkazish uchun Dubayga yetib keldik. Bu yerning sharoitlari juda ham yaxshi. Menga qadar ham "Lokomotiv" ko‘p bora bu yerdagi yig‘inlarda bo‘lgan. Bu joyning sharoitlari yangi mavsum uchun ajoyib tarzda tayyorgarlik ko‘rish uchun juda mos.

O‘tgan mavsum "Lokomotiv" uchun qiyin o‘tdi. Biroq g‘alabalarning ta’mi juda yoqimli bo‘ldi. Ha, O‘zbekiston kubogida biroz ko‘ngilsizlik kuzatildi, musobaqani ertaroq tark etdik. Ammo aytishim mumkinki, natijalardan biz ham, rahbariyat ham, asosiysi yigitlar ham mamnun. Bunday formatda ilk marta o‘ynagan bo‘lsak-da, mavsum yaxshi o‘tdi.

Keyingi mavsum biz uchun yanada qiyinroq bo‘ladi. Chunki raqiblar "Lokomotiv"ga qarshi jangovorlik ruhi bilan o‘ynaydi. Shu boisdan o‘yindan o‘yinga barchasi qiyinlashib ketadi. Ishlarning qiyin bo‘lgani ham juda yaxshi. Chunki qiyin vazifalar tufayli futbolchilar o‘zlarini yanada yaxshiroq ko‘rsatishga intilishadi.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:16, 17.01.2019.
O'qildi: 2555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик