“Nant” hujumchisi Emiliano Sala faoliyatini APLda davom ettiradi.
Argentinalik futbolchi “Kardiff” tarixida harid qilingan eng qimmat futbolchi bo‘ldi. Ushbu transferning qanchaga amalga oshgani rasman e’lon qilinmadi.
Mish-mishlarga qaraganda, “Kardiff” ushbu futbolchi uchun 20 mln yevro to‘lagan.
Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 12 ta golga mualifflik qildi.