Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Velosport. Toshkentda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

Velosport. Toshkentda Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, aprel oyida poytaxtimizda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda poytaxtimizda ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Shu maqsadda, bugun Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning tashkiliy-amaliy ishlarini olib borish uchun musobaqa direktori Xofer Roland hamda texnik ishlar bo‘yicha direktor yordamchisi Neumann Adre O‘zbekistonga kelishdi.

Mutaxassislar tashrif doirasida O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jayev bilan uchrashib, qit’a birinchiligiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar. Ular mazkur safar davomida Osiyo chempionati o‘tkaziladigan Toshkent-CHimyon-Sijjak avtomagistral yo‘llarini ko‘zdan kechiradilar. Shuningdek, musobaqani tashkil etish masalasida seminar o‘tkazadilar. Bundan tashqari, poygalar o‘tkaziladigan start, finish chiziqlari ham yaqin kunlarda belgilanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shosse bo‘yicha Osiyo chempionatiga ilk marotaba mezbonlik qiladi. Olimpiya o‘yinlariga lisenziya taqdim etadigan ushbu musobaqa 22-28 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning 40 ga yaqin mamlakatidan, 500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:59, 21.01.2019.
O'qildi: 1969 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик