Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Evropada o‘ynab O‘zbekistonni JCHga chiqishiga yordam beraman»

«Evropada o‘ynab O‘zbekistonni JCHga chiqishiga yordam beraman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo kubogidagi ishtirok va kelgusi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Osiyo kubogida chiroyli o‘yin namoyish qilib, muxlislarni xursand qilmoqchi edik. Asosiy maqsadimiz bosh sovrinni yurtimizga olib kelish edi. Afsuski, bu natijaga erisha olmadik. Lekin yomon o‘ynamadik, deb hisoblayman.

Yaponiya, Avstraliya kabi terma jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsatdik. Muxlislarga ham o‘yinimiz yoqdi, deb o‘ylayman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab ijobiy fikrlarni qabul qilyapmiz. Bizni musobaqa davomida qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Endilikda Jahon chempionati saralashida ijobiy natija qayd etib, xalqimizning azaliy orzusini amalga oshirishga intilmoqchimiz. Umid qilaman, buning uddasidan chiqa olamiz.

O‘zimning kelgusi faoliyatimga keladigan bo‘lsak, “Paxtakor” bilan shartnomam yakuniga yetgan. Endilikda faoliyatimni xorijda davom ettirmoqchiman. Hozirda bir-ikkita klublardan takliflar bor.

Eng katta orzuim – Yevropa klublarida to‘p surish. Yevropada futbolchi yanada o‘sish imkoniga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, arab klublari moliyaviy tarafdan yaxshi taklif berishadi. Lekin men arab klublariga o‘tmoqchi emasman. Mening eng katta tanqidchim – akam. Doimo mening o‘yinlarimni kuzatib, kamchiliklarimni aytib turadi. Hech qachon meni o‘zimga maqtamagan. Akam ham faoliyatimni Yevropada davom ettirishim tarafdori. Garchi Yevropa klublari taklifi moliyaviy jihatdan kamtarroq bo‘lsa-da, men Yevropaga ketmoqchiman. Yevropada to‘p surib, milliy terma jamoamizning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga yordam bermoqchiman”, - deydi Masharipov. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:04, 22.01.2019.
O'qildi: 9577 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.