Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Marko Milich va Nenad Stankovich «Qo‘qon-1912»ga o‘tdi

Marko Milich va Nenad Stankovich «Qo‘qon-1912»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘z safini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.

Hozircha Qo‘qonliklar tarkibiga ikki nafar xorijlik o‘yinchilar kelishdi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bular Marko Milich va yarim himoyachi Nenad Stankovichlardir.
Marko Milich o‘tgan mavsum ham jamoa safida to‘p surgandi. Nenad Stankovich esa ko‘rikda bo‘lib turibdi.

Nenad Stankovich 1992 yil 19 sentyabr kuni tavallud topgan. Bo‘yi 179 sm, og‘irligi 70kg, maydonda pozisiyasi yarim himoyachi. Oxirgi jamoasi “FK Sindelik”. Ushbu jamoa safida Serbiya Birinchi ligasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Umuman olganda, Nenad so‘nggi to‘rt mavsumni aynan shu klub safida o‘tkazgan.

«Qo‘qon-1912» tarkibiga shu kunlarda yana bir legioner futbolchi, bu safar hujumchi kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:07, 23.01.2019.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик