Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jurnalist emasman, ammo ozgina bo‘lsa ham Osiyo Kubogi haqida

Jurnalist emasman, ammo ozgina bo‘lsa ham Osiyo Kubogi haqida

Baho:
+1 | -

Jurnalist emasman, ammo ozgina bo‘lsa ham Osiyo Kubogi haqida gapirib o‘tmoqchiman.

Qarang, jahonda top terma jamoalar bor, Yevropada - Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Janubiy Amerikada- Braziliya, Argentina, Urugvay, Osiyoda – Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya....xa mayli Saudiya, Afrikada – Nigeriya, Kamerun, Morokko....hozir balkim Misr. Bular birinchi guruh jamoalari.

Keyin ikkinchi eshelon jamoalari keladi, Yevropada- Shvesiya, Daniya, Xorvatiya, Tursiya, Janubiy Amerikada – Kolumbiya, Chili, Ekvador, Paragvay, Osiyoda – BAA, Qatar, Baxrayn, Iordaniya O‘zbekiston.

Yevropa Millatlar ligasida xam jamoalar guruhlarga aynan shunday taqsimlangan, reytingiga qarab.

Agar top jamoalar biror bir qit’a birinchiligida guruhdan chiqa olmasa, yoki nimchorak, chorak finalda mag‘lub bo‘lsa, bu muvaffaqiyatsizlik deb tan olinishi mumkin. Masalan Italiya JCH chiqa olmadi va bu haqiqiy “fojia”dek qabul kilindi.

Agar biror bir Daniya, Polsha va shu kabi jamoalar mundialga kelmasa birovni esiga xam kelmaydi. Ikkinchi, uchinchi eshalon jamoalari guruh bosqichidan chiqishi bu o‘z o‘zidan qandaydir ma’noda muvaffaqiyatli ishtirok, muvaffaqiyatsiz turnir deyilmaydi.

Shu keyingi guruh jamoalari 10, 20 yilda bir otilib chiqadi, qandaydir sabablarga ko‘ra. Masalan Daniya – 1992, Shvesiya 1994, Xorvatiya 1998, Gresiya – 2004, Rossiya, Tursiya -2008. Va bu natija yillar o‘tib xam mahalliy ishqibozlar tomonidan eslab yuriladi.

Chunki bu natijalar haqiqiy sensasiya. O‘zbekiston terma jamoasi xam 2011 yil shunday otilib chiqdi sahnaga, yarim finalgacha bordi. Tarkibda Nesterov, Haydarov, Axmedov, Jeparov, Shaskix, Geynrix, Baqoyev, Karpenko kabi o‘yinchilar bilan bu jamoa nimagadir erishishi kerak edi-da.

Boz ustiga Abramov bu o‘yinchilarning kuchli tarafini ishga solib o‘zi xush ko‘radigan futbolni ma’lum etabgacha qo‘ya oldi. Lekin bunday o‘yin xar qanday jamoaga qarshi ish bermasligiga Avstraliyadan keyin tushungan bo‘lishi kerak.

O‘shanda Abramovga moslashuvchanlik (“trenerskaya gibkost“) yetishmadi. Chunki Avstraliya tarkibini hisobga olgan xolda taktikada o‘zgartirish qilish kerakmidi, masalan. Lekin Abramov boshqa usulda o‘ynay olmasdi.

Kuper masalasida....Kuper O‘zbekiston terma jamoasi himoya chizig‘ida muammolar borligini ko‘rdi va e’tiborni birinchi navbatda shu himoyani mustahkamlantirishga qaratdi. Qarshi hujumlarda o‘ynashni ixtiyor qildi. Agar e’tibor bersak Shomurodov aksar gollarini jamoa qarshi hujumga o‘tganda kiritdi.

Taktik jihatdan MTJ Avstraliyaga qarshi juda to‘g‘ri o‘yin olib bordi, namunali desa ham bo‘ladi. Avstraliyaning eng xavfli o‘yinchisi Mabil hech narsa qila olmagandan so‘ng almashtirildi. Avstraliyaning to‘p bilan bizga nisbatan ko‘proq bo‘lganiga kelsak, bular asosan gorizontal paslar, himoyachilarning bir biriga to‘p oshirishi. Chunki MTJiz o‘z yarim maydonida va jarima maydoniga yaqin joyda himoyani yaxshi tashkillashtirgani sabab.

Bunga xam Kuper sababchi! Natijada Avstraliya O‘zbekistonga qarshi hech nima qila olmadi. Raqib o‘yinchisi bergan intervyuda – “Shu paytgacha O‘zbekiston eng kuchli raqibimiz bo‘ldi” degani xam nimadandur dalolatdir? Birinchi o‘yindagi holat esa, hayajon, yangi taktika ish berish haqidagi o‘ylar (o‘rtoqlik o‘yinlarining bo‘lmaganligi). Lekin shunga qaramay MTJiz Ummonni klassda yutib ketdi. Imkoniyatlarni boridan - foydalandi. Ikkinchi gol yana qarshi hujumda!

Biz Osiyoni TOP jamoasi emasmiz va TOP bo‘lmaganmiz xam, buni tan olishimiz kerak. Yaponiya, Eron, Koreyalarni 4-5 o‘yinning bittasida yutamiz omad kelsa, Avstraliyani-ku hali umuman yutmaganmiz.

O‘zbekiston shunchaki Osiyoni ikkinchi guruh kuchli jamoasi. Xuddi Yevropada Shvesiya, Daniya, Serbiya, Rossiya, Chexiya..... jamoalari ikkinchi guruh vakili bo‘lgani kabi.

Xar bir Osiyo Kubogida O‘zbekiston, BAA, Qatar kabi terma jamoalardan nima kutishni muxlislar mutaxassislar bilishmaydi. Yaponiya, Avstraliya, Eron, Koreya xar bir Osiyo turniri favoriti. Klublar o‘rtasidagi turnirda xam eng muvaffaqiyatlik ishtirokimiz bu yarim final.

Shundan kelib chiqib “pushti ko‘zoynaklarni” yechib tashlab, real vaziyatni ko‘ra bilish kerak. Ayrim sharhlovchilarning Kuper eplay olmadi degan gaplari rosti ozgina ensani qotirdi. To‘g‘ri turnirga qadar MTJ biron bir mazmunlik o‘yin ko‘rsatmadi.

Shu vaziyat Rossiya terma jamoasining JCHdan oldingi ahvolini eslatdi, o‘yinida na mazmun na ma’no bor edi. Xar bir o‘yinda o‘yinchilar bir birlarini birinchi marta ko‘rayotganday. Lekin Rossiya turnirda zo‘r ishtirok etdi, imkoni darajasida.

MTJmiz xam Kuperning talablarini hazm qilayotgandi. Penaltilar seriyasi boshlanganda yana Rossiya ssenariysi bo‘ladimi degan xayol yo‘q emasdi. Yutishimizga bir bah’ya qoldi. Afsus, Bikmayev esa Fyodor Smolovni eslatdi. Xuddi shunday asosiy hujumchi bo‘lib turnirni boshladi, umuman o‘yini o‘xshamadi, o‘rnini Shomurodovga bo‘shatdi (Smolov – Zyuba), Shomurodov qahramonga aylandi Dzyuba kabi, Bikmayev esa Smolov qilgan ishni qildi! Bikmayevni nuktaga kelishini úzi -xato. Psixologik jihatdan u tayyormidi?!

Xullas O‘zbekiston o‘z imkoniyati darajasida o‘ynadi. Guruhdan chiqdi, kuchli Avstraliyaga munosib raqib bo‘la oldi, penaltilar seriyasida omadi kelmadi. Kuper qolsa, kamchiliklar ustida ishlab, saralashga yaxshi jamoa tayyorlaydi.

Balkim yangi nomlar jalb qilar, yoshlardan. Kuper jamoa o‘yiniga intizom olib kirdi. Jamoa o‘yinida qat’iylik paydo bo‘ldi (solidnost). Kuperdan yigitlar yaxshigina taktik saboq oladilar. Faqat agar yosh mutaxassislarimizdan unga yordamchi tayinlansa umuman zo‘r bo‘lardi. Masalan Jasur Abduraimov, Temur Kapadze....YAna muhim jihat, Kuper Babayan singari Lobanov, Sergeev va boshka falonchiyevlarni eplasa eplolmasa sudrab yurmaydi!!

O‘rtamiyona “Malyorka” Kuper bilan ancha shov shuv qilgan, “Valensiya” o‘sha paytlar Ispaniya grandiga aylangan. 32 yil JCHni ko‘rmagan Misrni Moskvaga olib keldi. Mayli bu tarix. Lekin “masterstvo ne propyosh”. Men xam boshida o‘rtoqlik o‘yinlarini ko‘rib ancha ranjigandim. Lekin Osiyo Kubogida MTJ o‘z imkoniyati darajasida o‘ynadi.

Kuperga, jamoaga rahmat!

P.S. “Raz v god i palka vistrelivayet” deganlariday. Bu turnir sensasiyasi haqli ravishda Qirg‘iziston. Úrta Osiyoda fakat Úzbekiston emas, kúshnilar xam túp tepishni qoyillatishadi, vakti soati kelganda.

Manba: Stadion
Kiritildi: 14:27, 29.01.2019.
O'qildi: 6819 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.