Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

O‘FA Aziz Turg‘unboyev ishini ko‘rib chiqadi

O‘FA Aziz Turg‘unboyev ishini ko‘rib chiqadi

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsumni “Navbahor” safida yakunlagan va ayni vaqtda kimga tegishli ekanligini o‘zi ham bilmayotgan Aziz Turg‘unboyev masalasi atroflicha o‘rganib chiqiladi.

Turg‘unboyevning PFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan va “Navbahor”ga tegishli bo‘lgan shartnomasi 2018 yilning noyabr oyi so‘ngida o‘z kuchini yo‘qotgan. “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari o‘tgan yilning so‘nggi oyida futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkazishga urinib ko‘rdi. Biroq transfer oynasi 17 dekabr sanasida ochilishidan kelib chiqib, PFL har ikki tomon shartnomasini ham qabul qilmadi.

Shu yilning 22 yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turg‘unboyev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub mazkur shartnomaga imzo qo‘ygan futbolchi “Navbahor” safida xorij yig‘inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo‘lladi.

Mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O‘FAning “Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita”ga oshirildi. Komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshlaydi. Unda “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari bosh hamda sport direktorlari, futbolchi Aziz Turg‘unboyevning o‘zi va mazkur masala yuzasidan ma’lumotga ega deya taxmin qilinayotgan boshqa shaxslar ishtirok etadi.

Professional futbol ligasi mazkur masala yuzasidan ma’lumotlarni, faktlarni jamoatchilikka taqdim qilib boradi. Qolgan futbolchilar va klublar bunday vaziyatga tushib qolmasliklari yo‘lida bu muhimdir. 2019 yilgi mavsumdan e’tiboran PFL shartnomalar masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Tashkilot futbol klublari bilan shu yo‘lda ishlash va shartnomalarni hurmat qilishi yuzasidan ishlarni allaqachon boshlagan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:06, 31.01.2019.
O'qildi: 4279 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик