Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Tokio 2020 Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi raisi Yoshiro Mori O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Tokio 2020 Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi raisi Yoshiro Mori O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Shu kunlarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti Komil Ro‘ziyev MOQning Yaponiyadagi maslahatchisi Mansur Baxriddinov bilan birgalikda Tokioda bir necha uchrashuv va muzokaralar o‘tkazmoqda. Navbatdagi uchrashuv Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi raisi, mamlakatning sobiq Bosh vaziri Yoshiro Mori bilan tashkil etildi. Unda janob Mori O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasini muvaffaqiyatli o‘tkazish maqsadida Yaponiyada maslahatchi lavozimini joriy etgani haqidagi yangilikni mamnuniyat bilan qabul qilganini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida O‘zbekiston MOQ delegasiyasi vakillari Y.Morini mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirishdi. Uchrashuv so‘ngida Mori Tokio Olimpiadasida O‘zbekistonning muvaffaqiyatli ishtirok etishida ko‘mak berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi va MOQ prezidentining mamlakatimizga tashrifi bo‘yicha taklifini bajonidil qabul qilishini qayd etib o‘tdi.

Shundan so‘ng Yaponiya karate federasiyasi prezidenti Takashi Sasakava bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda janob Sasakava karateni Parijda o‘tkaziladigan Olimpiadada ham musobaqa dasturiga kiritilishi yo‘lida ish olib borilayotgani, shu munosabat bilan bu borada O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining qo‘llab-quvvatlovidan ham umidvor ekanligini aytib o‘tdi. MOQ vakillari mamlakatimiz yoshlari orasida yakkakurashlar, shu jumladan karate ham ommalashgani haqida aytib o‘tishdi. Shuningdek, tomonlar sportchilarni tayyorlash, sport ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha kelishib olishdi.

Keyingi uchrashuv Yaponiya sport kurashlari federasiyasi prezidenti Tomiaka Fukuda bilan o‘tkazildi. Unda T.Fukuda O‘zbekistondagi sport musobaqalariga bir necha marotaba tashrif buyurganini, mamlakatimiz madaniyati, tarixi va an’analarining shinavandasi ekanligini aytib o‘tdi. Janob Fukuda O‘zbekiston bilan hamkorlik darajasini yuqori baholadi va sportchilarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, seminarlar bo‘yicha aniq misollar keltirib o‘tdi. MOQ vakillari shuningdek kelajakda hamkorlikni rivojlantirish masalasida fikr almashib, T.Fukudani O‘zbekistonga taklif qilishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:49, 31.01.2019.
O'qildi: 2209 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.