Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nesterovning qadami «Uhud» uchun qutlug‘ keldi

Nesterovning qadami «Uhud» uchun qutlug‘ keldi

Baho:
+2 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida “Uhud” o‘z maydonida “Al-Ittifoq” jamoasini qabul qildi.

Mazkur bahsda Ignatiy Nesterov “Uhud” uchun o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda Muhammad Fuzayir va Karl Mejani o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi va natijada "Uhud" klubi 2:0 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Ahmad Akeshi Nesterov darvozasiga yo‘l topa oldi - 2:1. Uchrashuvning 35-daqiqasida "Uhud" futbolchisi Muhammad Yahyo qizil kartochka sabab maydonni erta tark etdi. Ushbu natija o‘yin tugaguniga qadar o‘zgarmadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada “Al-Ittifoq” 7-o‘rinda, “Uhud” klubi esa so‘nggi 16-pog‘onada bormoqda.

Kiritildi: 00:58, 04.02.2019.
O'qildi: 12177 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.