Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov: «Qing‘ir ishlarlarga aralashadigan hakamlar qattiq jazolanadi»

Umid Ahmadjonov: «Qing‘ir ishlarlarga aralashadigan hakamlar qattiq jazolanadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida yangi mavsum oldidan Superliga va Pro-liga hakamlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.    Yig‘ilishda O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov va boshqa O‘FA mutasaddilari ishtirok etishdi.     Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan hakamlarga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda hakamlik saviyasini oshirish, o‘yinlarning xolis va adolatli boshqarilishini ta’minlashdar iborat ekanini aytib o‘tdi.   “Hakamlarimiz saviyasini oshirish uchun O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hakamlar uchun xorijda o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil qildik, ular uchun turli seminarlar o‘tkazmoqdamiz.    Joriy mavsumdan boshlab  boshqargan uchrashuvlari uchun yaxshi baholar olgan hakamlar O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi tomonidan rag‘batlantirilib boriladi.   Aksincha, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadigan hakamlar esa qaytib Superliga o‘yinlariga qo‘yilmaydi, ular Pro-liga musobaqasida hakamlik qilishadi hamda yuqori liga uchrashuvlarini boshqarishga munosib ekanliklarini boshqatdan isbotlashlari kerak bo‘ladi.     Maqsad hakamlarimiz o‘yinlarni xolis va adolatli boshqarishsin, turli qing‘irliklardan uzoqroq yurishsin.   Hakamlarning harakatlari muntazam ravishda maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilib borilishini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Qing‘ir ishlarlarga aralashadigan hakamlar qattiq jazolanadi.     Uchrashuvlarni boshqarish uchun joylarga borishganida, hakamlarga nisbatan hurmat yuqori bo‘lsin.   Hakamlarga chetdan bosim o‘tkazishga hech kimning haqqi yo‘q. Klub rahbarlari, vakillari kim bo‘lishidan qat’iy nazar agar hakamlarga bosim o‘tkazishga urinishsa, O‘FA tomonidan jazolanadi.   Joriy mavsumdan boshlab hakamlarning o‘yinlarga borish-kelish, mehmonxona xarajatlari barchasi PFL tomonidan qoplab beriladi.   Maqsad - hakamlar daxlsiz bo‘lsin. O‘z ishini sidqidildan bajarsin. Faqat O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi rahbariyati hakamlar ishini nazorat qiladi va ularni baholab boradi.     Ravshan Ermatov butun dunyoda hurmatga sazovor hakam. U endilikda Superliga va Pro-liga hakamlariga kuratorlik vazifasini bajaradi.   O‘zining katta tajribasi va mahorati bilan boshqa hakamlarga ham malaka oshirishga yordam beradi.   Hakamlarimiz faqat O‘zbekiston doirasidagi uchrashuvlarda ishlamay, FIFA va OFK tasnifidan o‘rin olgan o‘yinlarda ko‘proq ishlashlariga erishishimiz zarur.   Buning uchun har bir hakam o‘z ustida ko‘p ishlashi, mehnat qilishi talab etiladi. Shundagina rivojlanish, o‘sishni kuzatish mumkin bo‘ladi”, - dedi Umid Ahmadjonov.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:19, 11.02.2019.
O'qildi: 3035 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.