Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Echki xalaqit bermasa…». Eng chiroyli logotiplar (top-5)

«Echki xalaqit bermasa…». Eng chiroyli logotiplar (top-5)

Baho:
+ | -

Yaqinda Buyuk Britaniyaning «Four Four Two» nashri futbol olamidagi eng chiroyli dizayn va noodatiy emblemaga ega klubni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Bugun shu so‘rovnoma asosida tuzilgan reytingni taqdim etamiz.

«Birmingem» Angliya

Bu klub Angliyaning qaysi dvizionida o‘ynashidan qat’iy nazar darrov tanib olsa bo‘ladi. O‘zining ko‘rinishi va imidji orqali anchagina ommalashgan emblema ushbu ro‘yxatdan haqli ravishda joy olmoqda. Uning ramziy ma'nosini mahalliy muxlislardan so‘rashganda ular  :«Bu yer sharida vaqt naqadar tez o‘tayotganini bildiradi»,- deya faylasufona javob berishgan ekan.

«Leones Negros» Meksika

Meksika chempionatining ikkinchi divizioni klubi bu reytingda ko‘pchilikni hayron qoldirgancha  joy oldi. Qora rangdagi sherni ustalik bilan klub ramziga aylantirishgani emblemaning qo‘rqinchili ko‘rinishini ta’minlab beradi. Klub o‘z safidagi futbolchilari bilan emas, chiroyli emblemasi orqali dunyoga tanilib ketdi.

«Sampdoriya» Italiya

Klub gerbida trubka orqali tamaki chekayotgan shotlandcha bosh kiyimdagi  genoyalik baliqchining suvrati tushurilganini ko‘pchilik bilmasa kerak.  Tashqaridan qaraganda, bu emblema eng noodatiy bo‘lib ko‘rinishi aniq.

«Kyoln» Germaniya

O‘ziga xos emblema egasi sanaladigan klub deyarli yarim asrdan oshiqroq muddatdan beri o‘z «imidjini» almashtirmayapti.

1957 yilda klub rahbariga muxlislardan biri echki sovg‘a qiladi. U echkini o‘sha davrlardagi jamoaning murabbiyi  Hyonesning hurmati uchun uning nomi bilan atashadi. Eng qizig‘i shundaki, bu echki tashrif buyurgan uchrashuvlarda klub yutqazmaydi. Tez orada echki klub timsoliga aylanadi. Hozirgi kunlarimizgacha bu timsol o‘zgarganicha yo‘q. Mashhur kinofilmda aytilganidek: «Echki xalaqit bermayapti»

«Ayaks» Gollandiya

Ko‘rinishidan juda sodda ko‘ringan emblemaning mohiyatini hamma ham tushunavermaydi. Shonli tarixga ega klub bu emlemada Troya uchun jangda qahramonlik ko‘rsatgan pahlavon Ayaksning suvratini tushirishga uringan. Bundan tashqari ushbu suvratni tushurish uchun 11 ta chiziqlardan foydalanilgan. Ushbu alohida qayd etilgan chiziqlarda nimaga sha'ma qilinayotgani haqida esa mutaxassislar soatlab bahlashishlari mumkin, ammo aynan bir variantni ko‘rsata olishmadi.

Klubning ramzi sanaladigan 2 tomonga ketgan qizil chiziqlar klubning katta turnirlarda ba’zida g‘alaba qozonishi, ba’zida esa umuman yo‘q bo‘lib ketishini bildiruvchi omil deya izohlagan «Four Four Two» nashri muxbirlari. Ularning aytishicha, bu emblemaning asl mohiyatini biladiganlar sayyoramizda deyarli qolmagan ekan. Ushbu emblema eng mavhumi deya alohida qayd etildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:10, 18.02.2019.
O'qildi: 10916 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.