Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar
Avval xabar berib o‘tganimizdek, Tokio Olimpiadasining saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi "Turkish Women's Cup 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Kecha tunda terma jamoamiz a’zolari Turkiyaga uchib ketishdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov Turkiyadagi musobaqaga quyidagi futbolchilarni olib ketdi:
 Darvozabonlar: Jonimqulova Maftuna  «Sevinch» Boymatova Gulandon «Metallurg» Tilolova Laylo «Sevinch»   Himoyachilar:  Asadova Dilrabo   «Cevinch» Husnitdinova Soliha «Bunyodkor» Dadaboyeva Xolida «Metallurg» Bektemirova Dilnoza  «Bunyodkor» Boboxo‘jayeva Feruza «Sevinch» Shoyimova Maftuna «Sevinch» Zarbiyeva Tanzilya «Sevinch» Qo‘chqorova O‘g‘iloy «Sevinch» Norboyeva Aziza «So‘g‘diyona»   Yarim himoyachilar: Nozimova Dildora «Metallurg» Zoirova Umida «Bunyodkor» Turdiboyeva Feruza «Bunyodkor» Bahromova Fazilat «Sho‘rtan» Safina Rushaniya   «Sevinch» Burhonova Malika «Sevinch» Panjiyeva Maftuna «Sevinch» Zaripova Kamila «AGMK»   Hujumchilar: Berdiyeva Kamola «Lokomotiv» Dadajonova Nilufar «Andijanka» Qudratova Nilufar «Sevinch» Qurbonova Shahnoza   «Sevinch» Habibullayeva Diyora «Metallurg»

Alanya shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirda 8 ta terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘yinlar ikkita guruhda tashkil etiladi. Qizlarimiz «A» guruhida Ruminiya, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs yuritadilar. «B» guruhida esa Shimoliy Irlandiya, Fransiya, Qozog‘iston va Iordaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.   O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:   27 fevral: Hindiston – O‘zbekiston (Side shahri, «Evrenseki» stadioni)   1 mart: O‘zbekiston – Ruminiya (Side shahri, «Evrenseki» stadioni)   3 mart: O‘zbekiston – Turkmaniston (Side shahri, «Xane» stadioni)
Manba: UFA.uz
Kiritildi: 17:25, 24.02.2019.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.