Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

«Humo Arena» qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

«Humo Arena» qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, onlayn nashrimizda “Humo Arena” shu yil bahor faslida ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandik.

O‘sha sana aniq bo‘ldi. O‘zbekiston xokkey federasiyasi xabariga ko‘ra, mazkur zamonaviy muz saroyining ochilishi 15 mart kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanyapti.

Uning ochilish marosimiga MDH davlatlaridan oliy martabali mehmonlar kelishi kutilmoqda.

Ushbu sport majmuasi qurilishi 2017 yilda boshlangan edi. Avvaliga ko‘p funksiyali muz saroyini 2018 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan edi. Keyin bu muddat 2018 yilning oxiriga ko‘chirildi.

Markaziy arena o‘ziga 12 ming kishini sig‘dira oladi. Bu yerda qishki sport turlari (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar hamda forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Kompleks yetti qavatdan iborat bo‘lib, ulardan biri yer ostida joylashadi. Umumiy maydoni 82,2 ming kv. metr, balandligi 40 metr. Uning yaqinida 1600 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan to‘rt qavatli turargoh bunyod etilyapti.

Qurilish ishlari bilan buyurtmachi tashkilot “Wind Rose” MCHJ shug‘ullanmoqda.

Loyihaga Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlardan o‘nga yaqin sherik kompaniyalar taklif etilgan. Ular metall konstruksiyalari, akustika, o‘rindiqlar, muz, kommunikasiyalar va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 1,5 trln. so‘m bo‘lib, shundan 185 mln. AQSH dollarini xorij investisiyasi tashkil etadi.

Manba: xs.uz
Kiritildi: 12:55, 26.02.2019.
O'qildi: 3074 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.