Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Futbol qoidalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi

Futbol qoidalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) Shotlandiyaning Aberdinida o‘tgan yig‘ilishda futbol qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

Birinchi navbatda to‘pga qo‘l bilan o‘ynash holatiga aniqlik kiritilgan. Yangi tahrirga ko‘ra, endilikda golli uzatma berish yoki gol urilishi bilan tugagan to‘pga qo‘l bilan o‘ynalgan holatda to‘pga ataylab tegilmagan bo‘lsa ham, gol hisobga olinmaydi va futbolchi ehtiyotsizlik uchun jazolanadi.

Ikkinchi o‘zgarish — almashtirilayotgan futbolchi maydonni unga eng yaqin joyidan tark etishidan iborat. Avval futbolchilar butun maydon orqali texnik hududga borish kerak bo‘lgan. Bu o‘zgarish ataylab vaqtni cho‘zmaslik maqsadida kiritildi.

Uchinchidan, jamoa vakillariga sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlar uchun sariq va qizil kartochkalar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq qoidalar aniqlashtirildi. Shuningdek, to‘p darvozadan o‘yinga kiritilganda unga himoyachi tegishidan oldin jarima maydonini tark etishi lozimligi qoidasi bekor qilindi.

Qoidalar ichida eng ahamiyatlisi — jarima zarbasini amalga oshirish vaqtida jonli devor hosil qilinishi bilan bog‘liqdir. Endilikda hujum qilayotgan jamoa futbolchilariga jarimani amalga oshirish vaqtida raqib jamoa futbolchilariga xalaqit qilish va to‘p uchun ochiq joy qoldirish maqsadida jonli devorga turish taqiqlanadi.  AP nashri xabarida aniqlik kiritilishicha, hujum qilayotgan jamoa futbolchilariga jonli devorga 1 metrdan yaqinroq masofada turish taqiqlanadi.

Shuningdek, penalti amalga oshirilishi vaqtida darvozabonlarga bir oyoqlarini darvoza chizig‘ida ushlab turishlari kifoya qiladi. Avval bunday holatda darvozabonlar ikki oyoqlarini chiziq ustida ushlab turishi talab etilgan. Yangi qoidalar 2019 yil 1 iyundan kuchga kiradi.

Manba: Kun
Kiritildi: 11:56, 03.03.2019.
O'qildi: 4185 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик