Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Pora bilan qo‘lga tushgan hakamlar

Pora bilan qo‘lga tushgan hakamlar

Baho:
+ | -

Hakamlik qilish hamma zamonlarda qiyin kasb sanalgan. Bu kasbning o‘ziga yarasha mas’uliyati va salobati bor. Futboldagi hakamlik esa bu mas’uliyatni yanada oshiradi. So‘nggi paytlarda futbol sport turidan ko‘ra ko‘proq biznesga aylanib bormoqda. O‘z-o‘zidan o‘yinlarning hisobini hakamlarning qarorlari belgilab bergan uchrashuvlar ham yo‘q emas. Bugun ana shunday hakamlik nomiga dog‘ tushirganlar haqida so‘z boradi.

Andranik Arseniyan va Agones Avanekiyan

Armaniston futbol federasiyasi bu hakamlarni «Ko‘rsatgan tomoshasi» uchun butun umrga futboldan chetlatgan ekan. Sababi, «Evropa Ligasi» saralash uchrashuvlarining 1-bosqichida Farer orollarining «Vikingur»  va Finlandiyaning «Inter» klublari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlagan qahramonlarimiz ikki jamoaning gol urishi uchun o‘z brigadasi bilan birgalikda Bukmekerlik «idoralari»da 300 ming yevro pul tikishadi. Qahramonlarimiz ikki jamoaga ham yo‘q joydan 1 marotabadan penalti belgilab berishadi va shu orqali tikilgan pulni ko‘paytirib olmoqchi bo‘lishadi. Qizig‘i shundaki, Finlandiya klubi penaltini amalga oshira olmaydi va uchrashuv 0 : 1 hisobida yakunlanadi.

Ushbu uchrashuv va shubhali penaltilar ortidan boshlangan surishtiruv ishlari vaziyatni tezda oydinlashtirdi va armanistonlik hakamlarni butun umrga futboldan chetlatadi. Hozirgi kunlarimizga kelib bu sobiq hakamlar o‘z kariyeralarini qanday tiklash haqida bosh qotirishayotgan bo‘lsa, ajab emas…

Felix Brix

Germaniyalik nomdor hakamning uzoq yillar davomida yiqqan obro‘si uning qilgan bitta ishi evaziga qumga tushgan suv tomchisidek yo‘q bo‘lib ketdi. U Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCHda guruh bahslari doirasidagi

Serbiya va Shvesariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 70-daqiqasida yuz foizlik penaltini bermaydi. Vaholanki, VAR sistemasidan vaziyatni qayta ko‘rish imkoni bo‘lsada, bundan bosh tortadi. Uchrashuv yakunlangach, FIFA uni yana bir nechta o‘yinlarni boshqarishini rejalashtirgan bo‘lsada, JCH uchrashuvlarini boshqarish huquqidan mahrum qiladi va ushbu ish bo‘yicha taftish o‘tkazadi. Hozircha ushbu taftishning natijasi qanday bo‘lgani noma’lum.

Malavilik 4 hakam

Eng qiziq xolatlardan biri. Ushbu yurtda faoliyat olib boruvchi ismi oshkor qilinmagan hakamlar mahalliy kubok o‘yinlaridan birida «Mnchelo Yunaytet» klubi mutasaddilaridan 20 dollar miqdorda pora olishadi.

Eng achinarlisi shundaki, hakamlar qanchalik yordam berishmasin, «Mnchelo Yunayted» o‘sha uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraydi. Klub mutasaddilari jahl ustida huquqni himoya qiluvchi o‘rganlarni ogohlantirib qo‘yib, ularni pora bilan ushlab berishadi. Malavi futbol federasiyasi hakamlarni butun umrga futboldan chetlatadi, klubni esa jazosiz qoldiradi. 5 dollar uchun qahramonlarimiz o‘z kariyeralarini erta tugatishga majbur bo‘lishgan. Judayam qiziq xolat :)

Anen (yoki Aden)  Marvo

Keniyalik hakam mundialda asistent sifatida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kirishga ulgurgan kelajagi porloq hakamlardan biri edi. Afsuski, Afrika Millatlar Kubogi uchrashuvlari doirasida kechgan o‘yinlardan biri uchun 600 dollar pora olayotgani aks etgan video rolik ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ladi. Bu ham yetmaganidek, ganalik jurnalist «Afrikadagi ijtimoiy muammolar» deb ataluvchi filmni suratga oladi. Ushbu hujjatli filmning o‘rtalarida esa qahramonimiz pora olayotgan videosi aks etadi. "BBC" kompaniyasi ushbu filmni o‘z kanallari orqali namoyish etgach, Aden Marvoni hakamlik qo‘mitasi butun umrga futboldan chetlatadi va yaxshigina jarimaga tortadi.

Ushbu maqola «Goal 24» nashrining ma’lumotlariga tayangan xolda yozildi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:44, 08.03.2019.
O'qildi: 9371 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.