Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jomboy tumani, Qo‘ng‘irot mahallasi hududidagi Qoraqasmoq otchoparida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 17 mart kuni xalqaro ko‘pkari o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu haqda Worldnews.uz axborot agentligiga Samarqand hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ko‘pkari musobaqasida respublikaning barcha viloyatlaridan hamda qo‘shni davlatlar: Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan 2 mingga yaqin chavandozlar qatnashishi kutilmoqda. Birinchilikni qo‘lga kiritgan chavandozga avtomashina beriladi.

Shuningdek, g‘olib va sovrindor chavandozlarni tuya, ot, xo‘kiz, pul mukofoti, televizor, muzlatkich, gilam va boshqa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

“Barcha chavandozlarimizni mazkur milliy o‘yinga taklif qilamiz”, deyiladi xabarda.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 17:24, 09.03.2019.
O'qildi: 2291 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.