Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost

Shahram G‘iyosov: «Tanqidlarga o‘rgandim, ammo ko‘nglim o‘ksiydi» (intervyu)

Shahram G‘iyosov: «Tanqidlarga o‘rgandim, ammo ko‘nglim o‘ksiydi» (intervyu)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Buxoro – iste’dodlar maskani. Boshqa sohalar qatori sportda ham dunyoga mashhur chempionlar talaygina.

Ular orasida hozirda faoliyatini AQSHda olib borayotgan bokschi, Buxoro farzandi, O‘zbekiston faxri, shuningdek, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi hamda jahon chempioni Shahram G‘iyosovning alohida o‘rni bor.

Yaqinda Buxoro Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Matbuot xizmati kotibasi Gulmira G‘ulomova Shahram G‘iyosovni suhbatga chorladi va uni Worldnews.uz axborot agentligiga taqdim etdi.

Shahram boksni tanlaganingizga nima sabab bo‘lgan?

– Boks olamiga 2014 yil kirib kelganman. Otam, amakim bokschi bo‘lishgan. Bir tomondan ularga qiziqib,ularning sportdagi jarayonlarini kuzatib, yoshlarni qanday tayyorlashlari, umumiy qilib aytadigan bo‘lsam, boksdagi sehr, ringda g‘olibga bo‘lgan olqishlar, bokschini o‘zidagi ishonch, g‘urur shu kabi tomonlari meni boks dunyosiga tamomila bog‘lab qo‘ydi.

Yaqinlarimning saboqlari-yu, tavsiyalarini olib, boksga kirib keldim. Sportni tanlaganim uchun ko‘nglim to‘q. Ba’zida men aynan boks uchun yaratilgandek degan o‘y-xayollarga boraman.

Siz bilan oxirgi marta ringga chiqqan raqibingiz anchagina nomdor edi. Jangdan oldin va jangdan so‘ng, siz haqingizda atrofdagilarning fikri o‘zgarganini sezdingizmi?

– To‘g‘ri,u sportchi meksikalik bo‘lib, juda ko‘p janglarni o‘tkazgan va bir nechta janglarida yutqazgan bo‘lsa-da, ancha sabrli, chidamli sportchi ekan. Tixuanada kuch sinashdik. Uning tayyogarligi joyida edi.

Shuningdek, bu yerdagi ustozlarim Joyel Diaz, Toni Diaz hamda men bilan Amerikaga birga kelgan menejerim va promouterim Bridinskiy bilan Vadim Karnilov menga juda katta ishonch bildirishdi. Sen, albatta yuta olasan deya bildirilgan ishonch men uchun katta dalda bo‘ldi.

Mirzo Bedilning shunday gapi bor: “Har ko‘zki, ibrat olmasa ko‘rdir”. Shahram G‘iyosov bo‘lib tanilganingizga qadar siz uchun chin ma’noda ibrat bo‘lgan shaxs yoki shaxslar kim?

– Shu darajagacha yetib kelishimda amakim Amrillo G‘iyosovdan ko‘p saboqlar olganman. Chunki jangda yutqazgan vaqtlarimda menga dalda bo‘lgan, ruhan ko‘targan insonim desam yanglishmayman.

Qolaversa, Abbos Atoyevdan ham ko‘p jihatlarni o‘rgandim. Bular sabr, qunt va tinimsiz mehnat. Men bilan shug‘ullangan barcha ustozlarimning har biridan o‘ziga xos ibrat olganman. Buning uchun ularga rahmat aytaman.

Professional boksda o‘z faoliyatini boshlagan va davom ettirayotgan O‘zbek bokschilarining ko‘pchiligi bir xil tempda g‘alaba qozonmoqda. Buning asl sababi raqiblarning darajasi past ekanligidami?

– O‘zbek sportchilari tinimsiz, juda ko‘p mehnat qilishadi va oldiga maqsad qo‘yib, toki maqsadiga erisha olmaguncha oldinga qarab boraveradi. Boshqa chet mamlakatlardagi sportchilarni kuzatganimizda ular g‘alabadan so‘ng o‘zini erkin his qilib, sal bo‘shashadi.

Bizda esa sportchilar g‘alaba bilan cheklanmasdan yana va yana mehnatdan to‘xtashmaydi. Farqimiz shunda deb o‘ylayman. Aytishadi-ku: “oyni ko‘zlamasang ,cho‘qqiga yeta olmaysan ” deb. Shuning uchun bizda orqaga qaytish yo‘q.

Ilk mag‘lubiyat sabog‘i...

Tanbehni, tanqidni va joyi kelsa mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qila olish kerak. Lekin menda bu jarayon ancha qiyin kechadi. Chunki qilayotgan mehnatlarimni ko‘z oldimga keltirsam, oilamdan uzoqda, tinimsiz harakatlardan so‘ng mag‘lubiyatni qabul qilish men uchun juda og‘ir. Lekin shunga qaramay, oldimdagi maqsadlarim yo‘lida hech nimadan qaytmayman. Orqaga chekinmayman.

Sizdagi motivasiya manbasi nima. Ruhiy tushkunlik vaqtida bunday vaziyatlardan chiqishda nimaga yoki kimga suyanasiz?

Motivasiya – tushkunlikdagi vaqtlarimda yelkamdan ko‘taradigan insonlar – ota-onam va yaqinlarim. Cho‘qqiga ko‘tarilgan sari do‘stlar dushmanga, dushmanlar do‘stga aylanishini kuzatdim. Shuning uchun ham ota-onam va yaqinlarimdan boshqa hech kimga ishonmayman. Ular mening qanotlarim desam adashmayman.

Buxoro boks maktabining o‘zgacha tomonlari hamda kelajakda yangi Shahramlar etishib chiqishi uchun shaxsiy rejalaringizdan nimalar o‘rin olgan?

Buxoro boks maktabi bundan oldin yaxshi bokschilarni tarbiyalagan va bundan keyin xam buni davom ettiradi. Chunki ona shahrim boks murabbiylari talabchan, qattiqqo‘l va iqtidorli.

Shaxsan men ham o‘z karyeramni tugatganimdan keyin Buxoroda shaxsiy boks maktabimni ochishni niyat qilganman. Nasib qilsa, albatta, unda tayyorlanadigan har bir sportchini qo‘ldan kelgancha moliyaviy, ruhiy qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

Ayollar boksiga qanday qaraysiz?

To‘g‘ri, ularda ham maqsad, mehnat bor. Boks sporti faqat erkaklar uchun mumkin deb ham bo‘lmaydi. Ular ham bizni kuzatib ruhlanishadi. Men ham ona yurtim bayrog‘ini ko‘klarga ko‘taraman deb yaxshi niyatlar ila musobaqalarda ishtirok etishadi.

Biroq ayol kishiga boks sporti to‘g‘ri kelmaydi, ayol gul kabi nafis. Ayollarni jangdan so‘ng yuz-ko‘zlarini ko‘kartirib yurishlari to‘g‘rimas deydiganlar ham oz emas. Shunday bo‘lsa-da, har kimning o‘z dunyoqarashi, maqsadi, xohish-istaklari bor. Bunga kimdir qarshi chiqishiga yoki tanqid qilishiga hech kimning haqqi yo‘q deb o‘ylayman.

Tanqidni ko‘tara olasizmi? Aynan jurnalist tomonidan qilingan tanqidni?

Boshida tanqid qilishsa xafa bo‘lardim. Nega bunday deyishyapti, ba’zida nega noto‘g‘ri va qo‘pol yozishadi deb ko‘nglim o‘ksirdi. Lekin ochig‘i, o‘rganib ketdim. Hozirda esa tanqidga yaxshi qarayman chunki tanqid – kelajak mevasi.

Yosh sportchilarga shaxsiy tavsiyalaringiz va tilaklaringiz?

Birinchi o‘rinda barchaga omad tilayman.Omad o‘zi kelmaydi.Omad tinimsiz mehnat, izlanish, sabr, halollikdan keladi. Yosh sportchilarga bir gapni aytaman: asosiysi, hech qachon taslim bo‘lib, ortga qaramang.

Hayotda yiqilishlar, yo‘qotishlar, mag‘lubiyat va albatta, qiyinchiliklar ko‘p bo‘ladi. Lekin unga chidagan va oldinga qarab borgan maqsadga erishadi. Hamisha izlanishda bo‘linglar.

Yurtimiz biz va sizga ishonadi. Shunday ekan yurtimiz sharafini hamisha himoya qilish, bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarish biz uchun sharaf. Ishonchni oqlash shart...

Kiritildi: 08:53, 13.03.2019.
O'qildi: 4093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.