Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

YECHL. «Liverpul» «Bavariya»ni ortda qoldirdi

YECHL. «Liverpul» «Bavariya»ni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida qiziqarli o‘yinlardan biri Myunxen shahrida bo‘lib o‘tdi. «Bavariya» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi. Vaholanki, Liverpulda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda hisob ochilmagandi.

Bahsning 26-daqiqasida Mane yakkama-yakka vaziyatga chiqib, Noyerni dog‘da qoldirdi. Bo‘lim tugashiga 6 daqiqa qolganida Matip o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va muvozanat tiklandi.

Ikkinchi bo‘limda dastlab van Deyk, bahs so‘ngida Sadyo Mane raqib darvozasini ishg‘ol qilib, "Liverpul"ni chorak finalga olib chiqishdi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final, javob o‘yini
Bavariya Germaniya – Liverpul Angliya 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 26 Mane, 1:1 – 39, avtogol Matip, 1:2 – 69 van Deyk, 1:3 – 84 Mane.
Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Rafinya, Xummels, Martines (Goretska, 72), Alkantara, Xames (Sanshesh, 79), Gnabri, Riberi (Koman, 61), Levandovski.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner (Lallana, 87), Xenderson (Fabinyo, 13), Veynaldum, Mane, Salax, Firmino (Origi, 83).
Ogohlantirishlar: Fabinyo (43), Matip (63), Alkantara (65), Sanshesh (83), Robertson (90).
Birinchi o‘yin – 0:0

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:59, 14.03.2019.
O'qildi: 6213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик