Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

G‘ofur Rahimov: «Menga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar to‘qib chiqarilgan»

G‘ofur Rahimov: «Menga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar to‘qib chiqarilgan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq, Xalqaro boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti G‘ofur Rahimov egallab turgan lavozimini tark etgani haqida xabar bergan edik. G‘ofur Rahimovning bu haqdagi bayonoti tashkilotning rasmiy saytida bugun, 22 mart kuni e’lon qilindi.

“25 yildan ortiq vaqtni buyuk boks sporti va Olimpiya harakatlari uchun bag‘ishlab, hamisha sportning muvaffaqiyati va sportchilarimiz sha’nini barchasidan ustun qo‘yganman.

Ayniqsa o‘tgan yil sanoqsiz tun-u-kunlarni sarf qilgancha sportimiz o‘zining yoqimsiz o‘tmishidan xalos etilishi, kuchliroq va avvalgidan sog‘lomroq bo‘lishi uchun harakat qildik.

AIBA amalga oshirgan ishlar va bir qator sohalar, jumladan, boshqaruv siyosatining takomillashtirilgani bilan juda faxrlanaman.

Barqaror iqtisodiy holatimiz, byudjet amaliyotining aql va intizom bilan yuritilishi ko‘plab hamkorlar ishonchini qayta tikladi. Shuningdek, bizlar yangi va Olimpiya hamkorlari tomonidan maqtovga sazovor bo‘lgan hakamlik tizimini joriy qildik.

O‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar AIBA hamda boksni jonlantirib, pozitiv quvvat bilan to‘ldirganiga chin dildan ishonaman. Ammo shuncha kuch sarf etilganiga qaramasdan oxirgi bir necha oy davomida kelgusidagi Olimpiya boksi masalasida ko‘plab munozaralar kelib chiqdi.

Ularning aksariyat qismida diqqat sportga emas, siyosatga qaratilgan. Garchi sport va siyosat bir-biridan mustaqil bo‘lishi mumkinligi, AIBAʼda joriy qilingan yaxshi o‘zgarishlar tan olinishiga ishongan bo‘lsam ham siyosiy munozaralar AIBA tashkiloti tomonidan erishilgan yutuq va jarayonni shubha ostida qoldirdi.

Yana bir bor aytaman, menga nisbatan bo‘lgan ayblovlar to‘qib chiqarilgan va siyosiy yolg‘onlarga asoslangan. Ammo haqiqat qaror topishiga ishonaman.

Bundan tashqari, hamisha boksdan yuqori emasligimni aytib kelganman, prezident sifatida bizning sport turi va sportchilarimizga xizmat qilish uchun qo‘limdan kelganini qilishim kerak.

Shu sababli ham ayni vaziyatni hisobga olib, AIBAning ijro qo‘mitasiga o‘zimning prezident lavozimidan ketishim haqida ma’lum qildim.

Dam olish kunlarida ushbu masalani muhokama qilish va vaqtinchalik prezidentni tayinlash uchun AIBAʼning ijro qo‘mitasi majlisini chaqirdim. O‘tgan yilda amalga oshirilgan barcha yaxshi ishlar kelgusida sportimizni rivojlantirish uchun xizmat qiladi deb ishonaman”, deyiladi rasmiy bayonotda.

G‘ofur Rahimov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining nomzodini qo‘ymaslikka iltimos qilishiga qaramasdan, 2018 yil noyabr oyida AIBA rahbari etib saylangan edi.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 22:55, 22.03.2019.
O'qildi: 5160 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.