Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

AFC U23. Tojikiston Osiyo chempionatiga chiqa olmadi

AFC U23. Tojikiston Osiyo chempionatiga chiqa olmadi

Baho:
+1 | -

Shu yilning 22-26 mart kunlari Osiyo mamlakatlari bo‘ylab 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yo‘llanmalari uchun saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.

Qit’amizning 43ta terma jamoasi 11ta guruhga bo‘lingan holda 15ta yo‘llanma uchun kurash olib borishdi (guruh g‘oliblari va 2-o‘rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 4ta jamoa).

"F" guruhi bahslari poytaxtimizda o‘tkazildi. Pokiston saralashda ishtirok etishdan bosh tortgani bois, guruhda 3ta jamoa qoldi. O‘zbekiston va Tojikiston olimpiyachilari dastlab Hindistonni mag‘lub etishdi. So‘nggi o‘yinda esa bu jamoalar o‘zaro durang o‘ynashdi. Natijada Drulovich shogirdlari guruhda 1-o‘rin bilan Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Tojikiston esa 4 ochko (to‘plar farqi — 2:0) bilan qit’a chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgandi, ammo Usmon Toshev jamoasi boshqa guruhlardagi natijalarni kutishi kerak edi. Aksiga, boshqa guruhlardagi jamoalar ham so‘nggi turda o‘zlariga kerakli natijani qayd etishdi:

"S" guruhi. Iroq - Eron - 0:0
"D" guruhi. Saudiya Arabistoni - BAA - 1:1
"E" guruhi. Iordaniya - Suriya - 1:1

Natijada 2-o‘rinni egallagan jamoalar reytingida Eron, Suriya va Saudiya Arabistoni jamoalari 4 ochko va 3-1 ko‘rinishidagi to‘plar nisbati bilan Tojikistondan o‘tib ketishdi. Qo‘shnilarimiz bu jadvalda 5-o‘rinda qolib ketishdi.



Tojikiston shunday holatda ham qit’a chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘lishi mumkin edi, agar OCH-2020 mezboni — Tailand saralash bosqichida guruh g‘olibi bo‘lganida yoki 2-o‘rinni egallagan jamoalar orasida kuchli to‘rtlikka kirganida...

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bosqichi 2020 yilning 8-26 yanvar kunlari oralig‘ida Tailandning Bangkok va Patum Tani shaharlaridagi 4ta stadionda bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqa Tokio-2020 olimpiadasiga yo‘llanmalar taqdim etadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:20, 27.03.2019.
O'qildi: 7930 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.