Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Namanganda «Velosipedda sayr kuni» o‘tkazildi

Namanganda «Velosipedda sayr kuni» o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbirlarida namanganliklar ham faol ishtirok etdi.    Shahar va barcha tumanlaridagi o‘yingoh va xiyobonlar sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti markaziga aylandi. Jumladan, Namangan xalqaro aeroportiga eltuvchi keng va ravon yo‘l ertalabdanoq yetti yoshdan yetmish yoshgacha sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim xodimlari, jamoat tashkilotlari va yoshlar vakillaridan iborat yuzlab havaskor velosportchilar bilan gavjum bo‘ldi.    – Yoshi ulug‘lar bardamligi va tetikligini ta’minlashda velosportning ahamiyati katta, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi qoshidagi sport to‘garagi a’zosi Abbosxon ota Nasriddinov. –Uzoq umr ko‘raman, sog‘lom va baquvvat bo‘laman degan otaxon va onaxonlarimiz velosipedda sayr qilishni muntazam yo‘lga qo‘yishlari lozim.    Qiziqarli ommaviy tadbir bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Dastlab keksa avlod vakillari, keyin esa velosipedchi xotin-qizlarga start berildi. Ayniqsa, son jihatdan ko‘proq bo‘lgani uchun erkaklar o‘rtasidagi musobaqa qizg‘in kechdi.    Musobaqalarga viloyat velosportchilar jamoasi vakillari hakamlik qildi.    – “Velosipedda sayr kuni” sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan boshqa turli ko‘ngilochar tadbirlarni ham qamrab oldi, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.G‘oziyev. – Ayniqsa, “Salomatlik maydonchalari” va “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkalari”dagi ko‘rgazmalar, mutaxassislar tomonidan olib borilgan “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” va “Jismoniy faollikning inson organizmiga ta’siri” mavzularidagi suhbatlar barchaga manzur bo‘ldi.    Tadbir yakuni bo‘yicha eng faol keksa ishtirokchilar, eng yosh qatnashchilar, erkaklar va ayollar o‘rtasida alohida mahorat ko‘rsatgan velosipedchilar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining diplom va homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 
Manba: UZA
Kiritildi: 10:38, 31.03.2019.
O'qildi: 1264 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик