Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iordaniya va Gonkong terma jamoalari ham Toshkentga yetib kelishdi

Iordaniya va Gonkong terma jamoalari ham Toshkentga yetib kelishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 3-9 aprel kunlari poytaxtimizda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi "B" guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berib o‘tgandik.  

Mazkur guruhda O‘zbekiston, Vyetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari joy olishgan. Vyetnam terma jamoasidan keyin Iordaniya va Gonkong terma jamoasi ham poytaxtimizga yetib kelishdi. Gonkonglik futbolchilar "Miran" mehmonxonasiga joylashishdi.

Iordaniya terma jamoasi esa "Grand Mir" mehmonxonasidan joy oldi.   Bugun Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichida ishtirok etadigan terma jamoalar mashg‘ulotlar o‘tkazishadi. Mashg‘ulotlar jadvali quyidagicha:   Vyetnam - "To‘qimachilar" stadioni. Soat 15:00dan 16:00gacha   Iordaniya - "To‘qimachilar" stadioni. Soat 16:00dan 17:30gacha   Gonkong - "Milliy" stadioni 7-maydon. Soat 15:00dan 16:30gacha

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:58, 01.04.2019.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.