Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Xo‘jaobodda O‘zbekiston kubogi bellashuvlari yakunlandi

Xo‘jaobodda O‘zbekiston kubogi bellashuvlari yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi bolalar – o‘smirlar sport maktabida milliy belbog‘li kurash bo‘yicha 2003-2004 yilda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.   Mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 250 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etishdi. O‘g‘il bolalar belbog‘li kurash va erkin yo‘nalishda o‘n bir vazn toifasiga ko‘ra, qizlar esa xuddi yo‘nalishlarda yettita vaznda o‘zaro kuch sinashishdi. Ilyos Yoqubjonov (42 kg. Andijon), Diyorbek Xudoyberganov (+71 kg. Toshkent v.), Jahongir Eshqo‘ziyev (42 k. Sirdaryo), Yulduz Abdullayeva (52 kg. Sirdaryo), Karomat Davletova (48 kg. Xorazm) singari yosh sportchilar barcha raqiblarini yengib, shohsupaning yuqorisidan joy olishga muvaffaq bo‘lishdi.   - Musobaqa qiziqarli va murosasiz o‘tganligidan tashqari yana bir muhim jihati – iste’dodlar saralandi, deydi belbog‘li kurash bo‘yicha Andijon viloyat bosh murabbiyi Jamoliddin Bozorov. -. Terma jamoamizga munosib bo‘lgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etayotgani milliy sport turimiz bo‘lgan belbog‘li kurashning tobora ommalashib borayotganidan darak. Viloyatimizning Paxtaobod, Baliqchi, Shahrixon tumanlarida, Qorasuv shahrida, Andijon shahrida ushbu sport turidan ommaviylik yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Ayni paytda 50 nafar atrofida polvonlarimiz mamlakat terma jamoalari safida turib, xalqaro musobaqalarda Yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishmoqda. Maqsadimiz joriy yilgi xalqaro bellashuvlarda ham sovrinlarni qo‘lga kiritish bo‘ladi.   Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Manba: UZA
Kiritildi: 20:10, 01.04.2019.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик