Xabaringiz bor, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar OTJ Tokio-2020 Olimpiadasining 2-saralash bosqichi doirasida guruhdagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Ayni paytga kelib Bahrom Norsafarov Vyetnamga qarshi kechadigan dastlabki o‘yin uchun tanlagan boshlang‘ich tarkib o‘yinchilari ma’lum. Ular bilan tanishing:
Darvozabon: Laylo Tilovova
Himoyachilar: Tanzilya Zarbiyeva, Maftuna Shoimova, O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Soliha Husnitdinova
Yarim himoyachilar: Umida Zoirova, Saida Galimova, Rushaniya Safina, Mahliyo Sarikova
Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik.
Zaxira: Maftuna Jonimqulova, Gulandom Boymatova, Feruza Boboxo‘jayeva, Laylo Shodiyeva, Dilnoza Bektemirova, Dildora Nozimova, Malika Burxonova, Kamila Zaripova, Diyora Habibullayeva
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs “Lokomotiv” stadioida soat 15:00 da start oladi.