Osiyo futbol konfederasiyasi Osiyo chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha o‘z saytida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Ushbu so‘rovnomada o‘zbekistonlik Ikrom Aliboyevning goli ham qatnashmoqda.
Uning 2018 yil Toshkentning "Lokomotiv" klubi safida "Al-Vahda" darvozasiga maydon markazidan turib kiritgan goli yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Endilikda Aliboyevning goli finalga yo‘l olish uchun Saud Haririning "Al-Ittihod" - "Al-Vahda" o‘yinida kiritgan goli bilan bellashadi. Quyidagi HAVOLA orqali hamyurtimiz Ikrom Aliboyevning goliga ovoz berishingiz mumkin.
Ikkinchi yarim finalda eronlik futbolchi Andranik Teymuryanning 2013 yil "Buriram Yunayted" - "Istiqlol" uchrashuvida kiritgan goli Abdulaziz Al-Dousariyning "Al-Ittihod" - "Al-Hilol" o‘yinidagi goli bilan bellashmoqda.
«Real»ning 2026/27 yilgi mavsum uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi [3790]
Diomande APLga o‘tishga yaqin [3237]
«Chelsi» sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi [3202]
Rasman. Behruz Karimov Yevropa jamoasiga o‘tdi [3001]
“Barselona” Alvaresni qo‘lga kiritishning yangi usulini topdi [2768]
Ferran Torres «PSJ»ga o‘tishga yaqin — transfer qiymati ma’lum [2611]
Flik “Barselona”ning ikki futbolchisiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi [2491]
Mourinyo «Real»da beshta yangi qat’iy qoida joriy qildi [2425]
Polymarket Chempionlar ligasi — 2026/2027 mavsumining favoritlarini aniqladi [2372]













