Bugun Qozog‘istonning Almati shahrida davom etayotgan «Navro‘z Kubogi»da pley-off o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Shuhrat Yo‘ldoshev murabbiyligidagi «Bunyodkor-2003» «Qayrat»ga qarshi maydonga chiqib, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob 1:1 ko‘rinishini oldi. Penaltilar seriyasi omad raqibga kulib boqdi.
Mirkamol Qosimov shogirdlari finalda o‘ynaydigan bo‘ldi. «Bunyodkor-2004» bugun yarim finalda «Aristan»dan ustun keldi - 2:0.
«NAVRO‘Z KUBOGI»
«Qayrat» (Qozog‘iston) - «Bunyodkor-2003» - 1:1 (penaltilar bo‘yicha: 3:1)
«Bunyodkor»: Sanjar Nasriddinov, Firdavs Dadamirzayev, Elnur Yo‘ldoshev, Davron Hamroqulov (Elchin O‘ktamov), Tolib O‘sarov, Jamshid Yusufjonov, Umarali Rahmonaliyev, Mubashshir Malikov, Mirasror Mirabrorov, Saidmurod Karimov, Kamron Abdullayev (Ruslan Toshpo‘latov).
Gol: Saidmurod Karimov.
«Bunyodkor-2004» - «Aristan» - 2:0
«Bunyodkor»: Abror Abduvaliyev, Dilyorbek Qo‘ziboyev, Musoxon Ochilov, Aziz Mahamadjonov, Tohir To‘xtasinov, Shahzod Akbaraliyev, Asad Qahhorjonov, Behruz Tohirov, Aleksandr Zevadinov, Elbek Bo‘riyev, Mirkamol Annamatov.
Zaxiradan tushganlar: Shohjahon Ismatullayev, Isaxon Ochilov, Behzod Xoliqulov, Mustafo Madaminov, Salohiddin Xayruddinov, Bobur Yorbekov.
Gollar: Elbek Bo‘riyev (2ta).