Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

AGMK – «Qo‘qon-1912»: O‘zaro o‘yinlar tarixidan

AGMK – «Qo‘qon-1912»: O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 3-tur doirasidan o‘rin olgan AGMK – “Qo‘qon-1912” bahsi ertaga Olmaliqda bo‘lib o‘tadi.

Ertangi bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 10 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning uchtasida futbolchilarimiz g‘alaba qozonishgan. Beshta uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.

To‘plar nisbati 12-13  "Qo‘qon-1912" foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda jamoamiz 11 ochkoni qo‘lga kiritgan. AGMK hisobida esa 17 ochko mavjud.

Olmaliqda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar:
18.04. 2015 – Olmaliq – Qo‘qon-1912 – 2:1
30.06.2016 – Olmaliq – Qo‘qon-1912 – 3:2
25.05.2017 – Olmaliq – Qo‘qon-1912 – 0:0
12.04. 2018 – AGMK – Qo‘qon-1912 – 0:0

09.11. 2018 – AGMK – Qo‘qon-1912 – 1:3

Fakt: Olmaliqda bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchta uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozona olishmayapti.

O‘tgan yilgi o‘yinlar

Ushbu jamoalar o‘tgan mavsumda o‘zaro to‘rtta bahsda maydonga tushishgandi. O‘yinlarning ikkitasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. Bitta bahsda hisob ochilmagan. Bitta uchrashuvda esa raqibimiz ustun kelgan. Olmaliqda o‘tkazilgan so‘nggi bellashuvda vakillarimizning qo‘li baland kelgan.

Mag‘lubiyatsiz seriya

Ayni damda jamoamizning ketma-ket o‘yinlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 8 ta uchrashuvni tashkil etmoqda. No‘’mon Hasanov shogirdlari oxirgi sakkizta (o‘tgan mavsum so‘nggida 6 ta, yangi mavsumda 2 ta) o‘yinda maydoni mag‘lub bo‘lmagan holda tark etishmoqda. Ushbu an’ana uzoq vaqt davom etishini tilab qolamiz.

405-uchrashuv arafasida

«Qo‘qon-1912» jamoasi O‘zbekiston chempionatlaridagi 405-o‘yinini o‘tkazish arafasida turibdi. 14-mavsum kuchlilar safida ishtirok etayotgan qo‘qonliklar shu kunga qadar 404 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shularning 145 tasida jamoamiz g‘alaba qozongan. 62 uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmagan. 197 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. To‘plar nisbati 538 – 730. Umumiy ochkolar 497 tani tashkil etadi.

Coca Cola Superligasi 3-tur doirasidagi AGMK bilan bo‘ladigan uchrashuv jamoamizning O‘zbekiston chempionatlardagi 405-o‘yini sifatida tarixda qoladi.

Aytgancha, jamoamizning bundan oldingi ikki yubiley uchrashuv aynan AGMKga qarshi kechgan bahslarga to‘g‘ri kelgandi. 2015 yilda 300-, 2018 yilda 400-uchrashuvni olmaliqliklarga qarshi o‘tkazganmiz.

Boshlanish vaqtlari

AGMK -“Qo‘qon-1912” uchrashuvi, ertaga Olmaliqdagi “OKMK” sport majmuasi stadionida soat 17:15 da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 3-turida maydonga tushishadi. Mazkur uchrashuv  Olmaliqdagi “Metallurg”  stadionida soat 15-30da start oladi.

Manba: Kokand1912.uz
Kiritildi: 11:45, 06.04.2019.
O'qildi: 1767 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.