Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

La liga. «Real» safarda durang o‘ynadi

La liga. «Real» safarda durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi ushbu mavsumda 2-o‘rin uchun kurashda ham imkoniyatni boy beradigan ko‘rinadi. Zidan shogirdlari Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida "Leganes" maydoniga safar uyushtirib, bor-yo‘g‘i 1 ochko bilan qaytishdi.

O‘yin davomida to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik "Qirollik klubi" tomonida bo‘ldi. Mehmonlar raqib darvozasi tomon bosim uyushtirgan bo‘lsalar-da, golga tortadigan vaziyatlarni ko‘p yarata olishmadi. Dastlabki 15 daqiqa ichida har ikkala jamoa bittadan juda qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurdi. "Leganes" esa nomdor jamoa bosimiga dosh berish bilan birgalikda, birinchi bo‘lim so‘ngida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Modrichning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Uning dastlabki zarbasini posbon qaytargandi. Qaytgan to‘pni Karimning o‘zi darvozaga joylab qo‘ydi.

O‘yin so‘ngiga qadar "qaymoqranglilar" yana 2-3ta xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo "Leganes" darvozaboni Ivan Kuelyar yaxshi harakat qilib, o‘z darvozasidan boshqa to‘p olib chiqmadi.

Shu tariqa, "Real" endi 2-o‘rinda borayotgan "Atletiko"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya chempionati, 32-tur
Leganes – Real Madrid 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 45 Silva, 1:1 – 51 Benzema.
Leganes – Kuelyar, Nyom, Bustinsa, Omeruo, Siovas, Silva, Eraso (El-Jar, 71), Peres, Mikel Vesga (Resio, 85), Karrilyo (En-Nesiri, 65), Breytueyt.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Valverde, Asensio (Beyl, 81), Benzema, Isko (Vaskes, 77).
Ogohlantirishlar: Karvaxal (48), Asensio (61), Valverde (67).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:36, 16.04.2019.
O'qildi: 4715 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик