Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Umid Ahmadjonov Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

Umid Ahmadjonov Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun ishchi guruh bilan Andijonda bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Andijonda futbolni, xususan, bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish sanaladi. Tashrif davomida Umid Ahmadjonov Sho‘rbuloq dahasida joylashgan viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga ham tashrif buyurdi.

MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov o‘tgan yilning 2 fevral kuni Andijonga tashrif buyurib, viloyat sportining o‘sha vaqtdagi holati bilan yaqindan tanishgan va zarur ko‘rsatmalar bergan edi. Bu galgi tashrif chog‘ida esa o‘tgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqnidan tanishildi. Shuningdek, akademiya tarbiyalanuvchilari va murabbiylar bilan ham suhbatda bo‘lib, akademiya rahbariyati oldiga kerakli vazifalarni belgilab berdi.

 

Ma’lumki, joriy yilda “Andijon” futbol klubi Andijon viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha tuzgan shartnomasi asosida “Andijon-2” farm klubini tuzgan va mazkur jamoa B Pro-ligada ishtirok etmoqda. Ushbu klub asosini yaqin vaqt ichida to‘laligicha bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:28, 18.04.2019.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик