Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

O‘zPFL «EVENT ART WEDDING» bilan o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘zPFL «EVENT ART WEDDING» bilan o‘zaro hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi milliy chempionatlarimiz uchrashuvlariga muxlislar tashrifini ko‘paytirish, milliy futbolimizga bo‘lgan jamoatchilik e’tibori va qiziqishini orttirish yo‘lida qator loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, yurtimizdagi barcha stadionlarda ishqibozlarga qator qulayliklar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, endilikda barcha jamoalarda klub do‘konlari faoliyat yuritmoqda. Do‘konlarda klublar attributikalari savdolari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ishqibozlar uchun o‘yindan oldin va tanaffus vaqtida turli shou dasturlari va aksiyalar tashkil etilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Professional futbol ligasi “EVENT ART WEDDING” korxonasi bilan yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzoladi. Unga ko‘ra, mazkur korxona O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalar – Superliga, Pro-liga, O‘zbekiston Kubogi, ayollar futboli, futzal chempionatlari jarayonida muxlislar uchun futbolka, suvenir mahsulotlari, attributikalar sotuvini yo‘lga qo‘yadi hamda o‘yin kuni stadionda ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar savdosini hammaga etarlicha miqdorda, maqbul va arzon narxlarda sotilishini ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, muxlislarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Telegram bot yordamida muxlislar o‘tirgan joylariga buyurtmalarni yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish ham ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, stadionlarga ishqibozlar oqimini yanada ko‘paytirish, ularning milliy futbolimizga qiziqishini orttirish uchun o‘yin boshlanishidan oldin va tanaffus vaqtida turli aksiyalarni tashkil etishda va yurtimizdagi mashhur futbolchilarning 3D maketlari yordamida stadion sektorlariga kirish joylarida foto hududlar yaratish borasida ham ikki tomon hamkorlikda ish olib boradi. 

O‘zaro kelishuvga ko‘ra yana bir qator loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: PFL
Kiritildi: 14:50, 18.04.2019.
O'qildi: 2245 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик