Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Tokio-2020 yengil atletika bahslarining taqvimi e’lon qilindi

Tokio-2020 yengil atletika bahslarining taqvimi e’lon qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tokio-2020 Olimpiadasining tashkilotchilari olimpiada doirasida o‘tadigan yengil atletika bahslarining taqvimni e’lon qilishdi. Unga ko‘ra yengil atletika bahslari 31 iyul kuni erkaklar o‘rtasida 20 kilometrga yugurish bellashuvi bilan boshlanib, 9 avgustda erkaklar o‘rtasidagi marafon bilan yakunlanadi.

Mazkur Olimpiadada yengil atletika taqvimining bir qator o‘ziga xosliklari mavjud. Misol uchun, shosse yo‘nalishida kechadigan bahslar mahalliy vaqt bilan tonggi 6 yoki undan avval boshlanadi. 400 metrga yuguruvchilar yakkalik, estafeta va aralash estafeta bahslarida ham ishtirok etishlari uchun taqvimga e’tibor qaratilgan. Eng asosiysi, ko‘pchilik muxlislar uchun qiziq bo‘lgan tomoshabop yo‘nalishlarning final bahslari praym-taym vaqtiga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar davom etadi. Yengil atletika bo‘yicha bellashuvlar 48 yo‘nalishda o‘tkaziladi. Bu esa Rio olimpiadasiga qaraganda 1 taga ko‘p demakdir. Taqvimning to‘liq jadvali ushbuhavolada.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:59, 19.04.2019.
O'qildi: 2388 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.