Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Qo‘qonda katta futbol turniri start oldi

Qo‘qonda katta futbol turniri start oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Barchangizga ma’lumki muhtaram Prezidentimizning sportga, xususan, futbolga bo‘lgan e’tiborlari tufayli, yurtimizda “millionlar o‘yini” yildan yilga rivojlanib bormoqda.

O‘zbek futboli haqida gap ketar ekan, dastavval barchaning yodiga Qo‘qon shahri keladi, chunki Qo‘qon o‘zbek futbolining vatani hisoblanadi. Qo‘qon shahrida o‘zbek futbolining rivoji uchun o‘zlarining umrlarini bag‘ishlagan insonlar judayam ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Ayni kunlarda Qo‘qon shahrida o‘zbek futboliga tamal toshini qo‘ygan, Qo‘qon shahrida "millionlar o‘yini"ning rivoji uchun katta hajmdagi ishlarni bajargan futbol fidoiylari xotarasiga bag‘ishlangan “Qo‘qon – o‘zbek futbolining vatani” deb nomlangan turnir bo‘lib o‘tmoqda.

 

Turnirda faxriy hamda havaskor futbolchilar ishtirok etishmoqda. Respublikamizdagi eng chiroyli sport majmualaridan biri bo‘lgan “Ahmadxon” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan turnirda jami 16ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishmoqda.

 

“A” guruhi

1. Aziztepa

2.Lokomotiv

3. Spartak

4.Progress

 

“B” guruhi

1. Avg‘onbog‘

2. Shahar

3. Shayxon

4. Islom Nurmatov

 

“S” guruhi

1. 18-maktab

2. Kimyogar

3. Faxriylar-2

4. 1980

 

“V” guruhi

1. 40 yillik

2.Faxriylar-1

3.Akademik lisey

4. Versus

 

Turnir kecha 23 aprel kuni start oldi. Ertaga musobaqaning guruh bosqich o‘yinlari yakuniga yetadi. 26 aprel kuni chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tsa, 27 aprelda yarim final bahslarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Turnirning 3-o‘rini uchun o‘yin hamda final bahsi 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Shu o‘rinda Qo‘qondagi turnir tashkiliy jihatdan professional darajada o‘tayotganini, uchrashuvlarni respublikamizning tajribali hakamlari boshqarib borishayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Quyida “Qo‘qon – o‘zbek futbolining vatani” deb nomlangan musobaqadan olingan suratlarni tomosha qiling.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:08, 24.04.2019.
O'qildi: 2123 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик