Qo‘qonlik futbol ixlosmandlari uchun unutilmas onlarni taqdim etgan “Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani” shiori ostidagi xotira turniri kecha o‘z poyoniga yetdi.
Musobaqa tashkilotchilari mazkur turnirga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishganini kechagi final isbotlab berdi. Deyarli bir haftda davomida “Ahmadxon” sport majmuasi muxlislar bilan gavjum bo‘ldi. Futbol muxlislari jami 32ta futbol uchrashuvlarini tomosha qilishdi. Final kuni esa haqiqiy anshlag guvohiga aylandik.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahs oldidan muxlislarga konsert dasturi taqdim etildi. Unda bir qator taniqli xonandalar o‘zlarining diltorar qo‘shiqlari bilan ishqibozlarni xushnud etishdi.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, musobaqaning bronza medali uchun – “Progress” va “Spartak” jamoalari maydonga tushishdi. Uchrashuvni Farg‘onalik Ravshan Kapadze boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishdi. O‘yin dramatik tarzda kechdi. Hisobda ortda qolayotgan “Progress” jamoasi haqiqiy iroda namoyish etib yakunda 3-2 hisobida g‘alaba qozonishdi va “Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani” shiori ostidagi musobaqada uchinchi o‘rinini qo‘lga kiritishdi.
Final oldidan esa alohida shou tashkil etildi. Ushbu shouni o‘zbekistonlik futbol ixlosmandlarining mehrini qozongan Davron Fayziyev olib bordi.
Shou dasturini ochib berish uchun so‘zga chiqqan futbolimiz fidoiylaridan biri O‘tkirjon Sattorov va Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovlar barcha yig‘ilganlarni futbol bayrami bilan tabriklab, o‘zbek futbolining tarixi haqida so‘zlab berishdi.
Shouning birinchi qismida o‘zbek va Qo‘qon futboliga munosib hissa qo‘shgan bir qator mutaxassislar – Bahrom Hakimov, No‘’mon Hasanov, Baxtiyor Ashurmatov, Rustam Abdullayev, Muxtor Qurbonovlar maxsus sovg‘a bilan taqdirlanishdi va ularga zarbof choponlar kiydirildi. Shuningdek, Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shoakram Isroilov, Farg‘ona viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Rasuljon Yo‘ldoshev, taniqli sharhlovchi Davron Fayziyevlar ham yuqoridagi sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Bundan tashqari, Qo‘qon futbolining “erkatoyi” deb ta’riflanayotgan Javohir Sidiqov ham maxsus sovg‘alardan bebahra qolmadi. Javohirni maydonga chiqishi muxlislarning olqishlariga sabab bo‘ldi.
Final uchrashuvi boshlanishidan oldin esa muxlislar uchun atalgan sovrinlar ham o‘z egasiga topshirildi. Omadli chipta sohiblari lotereya orqali qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi. Tashkilotchilar final bahsini tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga bepul chiptalar tarqatishdi va muxlislar bu chiptalar bilan lotereya o‘yinida ishtirok etishdi. G‘oliblarni aniqlash esa Qo‘qon futbolining afsonalariga zimmasiga yuklatildi. Bahrom Hakimov, No‘’mon Hasanov, Baxtiyor Ashurmatov, Rustam Abdullayev, Muxtor Qurbonovlar omadli muxlislarni aniqlab berishdi.
Nihoyat, barcha sabrsizliklar bilan kutayotgan final uchrashuvi ham boshlandi. Hal qiluvchi bahs oldidan yana bir tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev final ishtirokchilaridan tashqari, o‘zbek futbolida alohida nom bilan tilga olinadigan, Jahon va Osiyoning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov va uning doimiy hamrohi Abduhamidullo Rasulovlarni maydonga taklif etganida stadionga yig‘ilgan muxlislari orasida o‘zgacha bir jonlanish paydo bo‘ldi. Jamoalar maydonda saf tortishgach harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston madhiyasi ijro etildi.
Musobaqa bosh sovrini uchun kurash olib borgan 16 jamoa orasidan finalga qadar yetib kelgan – “Faxriylar-1” va “Shahar” jamoalari musobaqaning haqiqiy favoritlari ekanliklarni yana bir bor namoyish etishdi. Uchrashuvning boshlanishida “shaharliklar” vakili Iqbol Amirov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa “Faxriylar-1” haqiqiy matonat egasi ekanliklarini namoyish etib, irodali g‘alabaga erishishdi – 3:1. Bu jamoaning gollariga Abror Maqsudov (2ta) va Said Shokirovlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa, “Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani” shiori ostida o‘tgan xotira turniri g‘olibi – “Faxriylar-1” jamoasi bo‘ldi.
Musobaqaning yakunida o‘tkazilgan taqdirlash marosimi ham unutilmas va tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilari haqiqiy syurprizlarni taqdim etishdi.
Taqdirlash marosimi boshlanishidan oldin maydon o‘zgacha qiyofaga kirdi. Jahonning ayrim yirik musobaqalarining yakunida shunday “go‘zallik”ning shohidi bo‘lishga odatlangan muxlislar, “Ahmadxon” sport majmuasi maydonida ham shunday manzarani jonli ko‘rishga muyassar bo‘lishdi.
Barcha musobaqalarda bo‘lgani kabi birinchi bo‘lib final uchrashuvini a’lo darajada boshqargan hakamlar – Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulovlar maxsus sovrin bilan taqdirlanishdi.
Shundan keyin birin-ketin nominasiya g‘oliblari e’lon qilina boshladi. Musobaqaning “eng yaxshi darvozaboni” – Farhod Musajonov (“Faxriylar-1”), musobaqa to‘purari – Raxim Jo‘rayev (“Shahar”), musobaqaning “eng yaxshi o‘yinchisi” – Abror Maqsudov (Faxriylar-1”), musobaqaning eng yosh katta futbolchisi Maxmudjon Abdullayev , 66 yosh (“Kimyogar”) va musobaqaning eng yaxshi bosh murabbiyi – Ibrohim Mamadiyev (“Kimyogar”)lar velosiped, televizor, changyutgich kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, “Qo‘qon-1912” futbol klubi tomonidan “Faxriylar-1” jamoasi bosh murabbiyi Sharifjon aka Madaminovga ajoyib va unutilmas sovg‘a taqdim etildi. “Qo‘qon-1912” futbol klubi prezidenti Baxtiyor Tolipov ushbu mutaxassisga “Umra” safariga borish imkoniyatini beruvchi yo‘llanmani taqdim etganida butun stadion larzaga keldi. Shuningdek “Uzmobayl” kompaniyasi hamda Yaypanning “Turon” futbol klubi vakillari ham g‘oliblarga o‘zlarining esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi.
Qo‘qon futbolining fidoyilaridan biri, suxandon Anvarjon aka Oxunov ham musobaqa tashkilotchilar tomonidan 10 million sumlik sertifikat bilan taqdirlandi.
Musobaqani tashkil qilishda mehnat qilgan ko‘plab insonlarga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Musobaqani OAVda yoritib borgan xodimlar ham tashkilotchilar e’tiboridan chetda qolmadi.
Taqdirlash marosimining so‘nggida musobaqa g‘oliblariga oltin, kumush va bronza medallaridan tashqari, har bir futbolchiga televizor, telefon va changyutgich taqdim etildi. Musobaqa g‘olibi “Faxriylar-1” jamoasiga maxsus Kubok topshirildi.
Shu tariqa, deyarli bir hafta davom etgan “Qo‘qon – o‘zbek futbolining vatani” shiori ostidagi musobaqa yuqori notada o‘z yakuniga yetdi. Ushbu turnir orqali Qo‘qon halqi futbolni qanchalik sevishlari, ardoqlashlari namoyon bo‘ldi.
Mayk Tayson og‘ir vazndagi eng kuchli bokschini aytdi [7373]
JCH-2026 saralash. Qatar - O‘zbekiston. Tarkiblar aniq [4537]
"Real" Kroosning o‘rnini bosa oladigan futbolchini aniqladi [4442]
"Liverpul" bilan o‘yinda "Real" himoyasida kim o‘ynashi ma’lum bo‘ldi [4338]
Sport TV'da 14 noyabr kuni 6 ta jonli futbol translyasiyasi bor [4178]
Ronaldu: "Portugaliya, rahmat" [3937]
Ramos o‘z xizmatlarini "Real"ga taklif qildi - javob ma’lum [3252]
Ramos yangi klubga o‘tishga yaqin turibdi [2958]
Rafinya endi 10-raqamda o‘ynaydi [2645]
Globe Soccer Awards: yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e’lon qildi [2619]