Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Umid Ahmadjonov: «Futbolimizni imkon qadar tezroq Yevropa darajasiga olib chiqishimiz kerak»

Umid Ahmadjonov: «Futbolimizni imkon qadar tezroq Yevropa darajasiga olib chiqishimiz kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish va Superliga o‘yinlarining shaffof o‘tishin ta’minlash maqsadida yig‘ilish tashkil qildi. MOQ majlislar zalida o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘FA va PFL mutasaddilari, Superliga klublarining bosh murabbiylari va hakamlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolimizda yuzaga kelayotgan kamchiliklar, oqsalishlar va kelishilgan o‘yinlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

“Futbolimizni imkon qadar tezroq Yevropa darajasiga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun barchamiz birdam bo‘lib ishlashimiz talab etiladi. Kelishilgan o‘yinlarga aralashgan shaxslarni og‘ir jazo kutib turibdi. Futbol faqat muxlislar uchun. Hozir o‘yinlarni 18 ta telekamera tasvirga olishi va VAR tizimini qo‘llash bo‘yicha yangi loyiha ustida ishlayapmiz. Muxlislarga shaffof o‘yin namoyish qilishni ta’minlashimiz lozim. O‘yin vaqtini cho‘zadigan futbolchilar jiddiy jazolansin. Ularga sariq va qizil kartochkalarni ayamasdan ko‘rsatinglar. Kerak bo‘sla, jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilsin. Ertaga boshlanadigan yangi turdan mana shu tizimni tatbiq qilaylik”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Yig‘ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolni yanada rivojlantirish borasida tegishli ko‘rsatma va chora-tadbirlar, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, PFL rahbarlari muxlislar uchun stadionlarda qulay shart-sharoitlar yaratish, barcha stadionlarda oilaviy sektorlar tashkil etish, o‘yin vaqtini belgilash vaqtida ko‘pgina mezonlarni hisobga olish borasida kerakli topshiriqlarni qabul qilib olishdi.

Hakamlar nomidan so‘zga chiqqan Ravshan Ermatov o‘yinlar davomida futbolchi va murabbiylarni feyr-pleyga amal qilishga, sof o‘yin vaqtini oshirishga chaqirdi. Ko‘plab vaziyatlarda futbolchilar vaqt cho‘zish uchun yotib olishlari xunuk holat ekanligi, bunday holatlar futbol jozibasini tushirishini ta’kidlab o‘tdi.

"Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi haqida haligacha ijobiy fikrlar bildirilmoqda. O‘yin shiddatli va kurashlarga boy tarzda, muxlislarga yoqadigan ko‘rinishda o‘tdi. Buning uchun har ikki jamoa bosh murabbiylariga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Ular o‘yin boshida futbolchilar maydonga yiqilib, yotib olishgan vaziyatlarda hakamlarga emas, o‘z futbolchilariga e’tiroz bildirishdi. Turib o‘yinni davom ettirish kerakligini ta’kidlashdi. Natijada, keyin hamma chiroyli va shiddatli o‘yin guvohiga aylandi. Barcha murabbiylardan mana shunday yo‘l tutishni, futbolchilar bilan tushuntirish ishlari olib borishni so‘rab qolardik", - dedi Ravshan Ermatov.

Shuningdek, o‘yin paytida hakamlar va raqiblarini so‘kadigan, o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan futbolchilarni qat’iy jazolash bo‘yicha ham ish olib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

   
Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:22, 30.04.2019.
O'qildi: 6628 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.