Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Futbol durdonasi – taraqqiyot qurboni

Futbol durdonasi – taraqqiyot qurboni

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda Yevropaning ko‘rkam va hashamatli stadionlaridan biri bo‘lmish Milan shahrining bosh arenasi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

«Juzeppe Meassa» va «San-Siro» nomlari bilan yuritiladigan afsonaviy arena yaqin kelajakda o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Uni butunlay buzib tashlanishi ehtimoli ham yo‘q emas. Chunki stadion yonida zamonaviy inshoot qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur ma’lumotni «Milan» prezidenti Paolo Skaroni rasman tasdiqladi. Shundan keyin mahalliy muxlislar va mutaxassislar o‘z fikr­larini bayon etishga kirishdilar. Jumladan, Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Marko Ameliya yangi stadion qurilishi loyihasini ma’qulladi. Uning fikricha, zamonaviy inshoot Milan klublariga jadal rivojlanish va nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritish orqali avvalgi mavqelarini tiklab olish imkoniyatini beradi. Biroq hozirgi arenaning buzib tashlanishiga mahalliy faollar va shahar meri Juzeppe Sala qarshi chiqishdi. Xullas, shaharning ikki nomdor jamoasiga boshpana bo‘lib kelgan va futbolning La-Skalasi sifatida ardoqlanadigan me’morchilik asarining taqdiri xususidagi tortishuvlar tobora avjiga chiqmoqda.

2010-2014 yillarda «rossoneri» sharafini himoya qilgan Ameliya yangi stadion tarafdori: «Loyiha bilan tanishar ekanman, «San-Siro»dagi barcha o‘yinlarim birma-bir xayolimdan o‘tdi. Ammo hayotdan orqada qolmaslik uchun vaqti-vaqti bilan oldinga qarab turish kerak, deb hisoblayman. Yangi arena «Milan» va «Inter»ga boy berilgan avvalgi nufuzlarini tiklab olish imkoniyatini beradi».

Loyihani hamkorlikda amalga oshirish xususidagi hujjatga bu ikki jamoa mutasaddilari o‘tgan yilning noyabrida imzo chekishgandi. Lekin yangi inshootni bunyod etishga mart oyi oxirida qaror qilindi. Oradan bir necha kun o‘tgach, «Milan» prezidenti Paolo Skaroni muxlislar o‘rtasidagi mish-mishlarni tasdiqladi: «San-Siro» sog‘inchi qalbimni tirnashini avvaldan sezib turibman. Biroq yengilmas «Milan»ni ko‘rish ishtiyoqi bundan ham kuchliroq azob bermoqda. Mening vazifam - jamoani eng ko‘rkam stadion bilan ta’minlash. Bunga hammasini yangidan qurish orqali erishish mumkin. Ta’mirlash yo‘li bilan maqsadga erisha olmaymiz. Birinchidan, har uch kunda uchrashuv bo‘lib turadigan joyda qurilish ishlarini bajarib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, jamoalarimiz 3 yil davomida uy uchrashuvlarini bosh­qa shaharda o‘tkazishlarini tasavvur qila olmayman».

«Milan» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo klub prezidentining fikrlarini ma’qullash bilan cheklanib qolmasdan, o‘z nuqtai nazarini ham izhor etdi: «San-Siro» doimo qalbimizda. Yonidan o‘tgan kishida u yorqin xotiralar va ajib hissiyotlarni jonlantiradi. U hech qachon buyukligini yo‘qotmaydi. Lekin men klub ravnaqi yo‘lida boshqa jamoalar bilan munosib bellashish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz uchun yangi stadion qurilishini qo‘llab-quvvatlayman».

«Inter» rahbariyati qo‘shni jamoa vakillari bilan hamfikr ekanligini bildirdi. Jumladan, klub ijrochi direktori Alessandro Antonello zamonaviy arena nafaqat ikki nomdor klub, balki shahar uchun ham muhim ekanligini ta’kidladi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, lo­yihani amalga oshirish uchun klublar mutasaddilarining xohish-istaklari kamlik qiladi, ularni Milan ma’murlari qo‘llab-quvvatlashlari va amaliy yordam berishlari lozim. Biroq shahar meri Juzeppe Sala yangi inshootni bunyod etishdan ko‘ra «San-Siro»ni ta’mirlash maqsadga muvofiq, deb hisoblamoqda: «Men mavjud arenada tegishli o‘zgarishlarni amalga oshirish va talab darajasidagi sharoitni yaratish tarafdoriman. Rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan stadionning kelajagi yo‘q ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Men klublar rahbariyatidan aniq taklifni kutyapman. Nima bo‘lganda ham, bunyodkorlik ishlari shahar manfaatiga xizmat qiladi».

Siyosiy partiyalardan birining vakili bo‘lgan Pyetro Tatarella ham mavjud stadionni saqlab qolish taklifini olg‘a surib, bu borada referendum o‘tkazilishi lozimligini ta’kidladi va shaharning ramzlaridan biriga aylangan tarixiy obida himoyasi uchun talab etiladigan 15000 imzoni to‘play olishini bildirdi.

«Milan»ning sobiq prezidenti Adriano Galliani esa bu masalada alternativ variantni taklif etdi. Funksioner o‘ylab ish tutish lozimligini ta’kidlab, «San-Siro» o‘z vazifasini bajarmagan taqdirda ham milanliklarga katta manfaat keltirishi mumkinligini ma’lum qildi: «Ochig‘i, arenani buzib tashlash yoki shunchaki o‘z holicha faoliyatsiz qoldirish g‘oyasini og‘riq bilan qabul qildim. Axir undan bosh­qa maqsadlarda foydalansak bo‘ladi-ku. Bu fikrni men «Milanist» va oddiy fuqaro sifatida aytyapman».

«San-Siro» 1926 yilda bitkazilib, foydalanishga topshirilgan. Avvaliga uning sig‘imi 35000 muxlisga mo‘ljallangandi. Arena hozirga qadar bir necha marta ta’mirlanib, undagi o‘rindiqlar soni 80 ming­taga yetdi. 1947 yildan boshlab undan shaharning ikki mashhur jamoasi foydalana boshlagani stadionning doimiy ravnaqini ta’minladi. Oxirgi keng ko‘lamdagi ta’mirlash ishlari 1990 yildagi JCH arafasida amalga oshirildi. Italiya mezbonligida o‘tgan mundialda stadion guruh bosqichidagi bir necha uchrashuvlarga, nimchorak va chorak final bellashuvlariga mezbon bo‘ldi. Bundan tashqari, YECHLning 2ta finaliga (2001 va 2016) mezbonlik qildi.

«San-Siro»ning infratuzilmasi allaqachon eskirgani bois, «Milan» talab darajasida taraqqiy eta olmayotgani va Yevropa grandlaridan ortda qolib ketayotganini klub prezidenti Paolo Skaroni ko‘p ta’kidlamoqda: «Daromadimiz 2003 yilda qanday bo‘lsa, hozir ham o‘zgarmagan. Bu yoqda «Real» va «MYU» milliardlik marrani zabt etish arafasida turishibdi. Daromadni ko‘paytira olsak, saviyali futbolchilarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Shunda YECHLga chiqish, hatto zafar quchishni orzu qilsak yarashadi. Bu esa yangi, samarali infratuzilma bilan qurollanishni talab etadi».

«Milan» hamda «Inter» mutasaddilari yangi arenani 2023 yilda qurishni mo‘ljallashmoqda. U «San-Siro»ga yaqin hududda qad ko‘taradi, sig‘imi esa 60 ming muxlisga mo‘ljallanadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:37, 08.05.2019.
O'qildi: 2627 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.