Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Qisqacha e’tirof - topibsan: Gyundogan

Qisqacha e’tirof - topibsan: Gyundogan

Baho:
+ | -

7 may. Butun futbol dunyosi «Liverpul» - «Barselona» o‘yinini kutmoqda. Har kim o‘zicha raqiblarning imkoniyatini chamalash bilan band. Ilkay Gyundogan rosa qizigan bahs-munozaralar «qozon»iga moy quyib yubordi.

U avvaldan «Liverpul»ga 4:0 hisobida yutuqni taqdim etdi. Qoyil qolish kerak. Yurgen Kloppdagi murakkab vaziyat bilan har qaysi professional futbolchi ham bunaqa taxmin aytavermaydi. Yuragingga balli, Gyundogan!

Shaxsan men bunday taxmin qilolmayman. Ammo mazkur maqolani yakunlash uchun o‘yin natijasini kutishga majburman. O‘yingacha ham ancha vaqt bor. Hali iftor bo‘lgani yo‘q. Shuning uchun fursatni g‘animat bilib ko‘nglimdan o‘tadigan ayrim mulohazalarni yozishga tushdim.

1. Ko‘pchilikning xayoli tunda «Enfild»da bo‘ladigan qiziqarli o‘yinda. Men esa «Rostov» sotuvga chiqargan «Eldorka»lar haqida o‘ylayapman. O‘zimdan-o‘zim faxrlanib ketyapman. Futbolimiz tarbiyalanuvchisi Don daryosi bo‘yida dong taratmoqda. Valeriy Karpin garchi oshirib-toshirib maqtamagan bo‘lsa-da, mag‘lubiyatdan qutqargani uchun Eldor Shomurodovdan minnatdor, baribir.

Quvonmay bo‘ladimi Eldorning bunday yutug‘idan?! O‘yini yana ham ochilib ketishi uchun bu iste’dodli futbolchiga murabbiylarning katta ishonchi yetishmayapti, nazarimda. U har doim ham o‘zidagi tezlikdan foydalanish imkoniga ega bo‘lmayapti. Eldorning iste’dodi, tabiati uchun erkin pozisiya zarur. Afsuski, Ektor Kuper ham, Valeriy Karpin ham hozircha unga o‘zi istagan erkinlikni bermadi.

Albatta, men o‘zbilarmonlikni emas, balki o‘yinga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi erkinlikni nazarda tutyapman. Zero, shunday erkinlik sabab «Manchester Siti» «Lester» ustidan g‘alaba qozondi. Agar Vensan Kompani jamoadoshlarining so‘ziga kirib, to‘pni qanotga uzatganida nima bo‘lardi?! Qancha shu kabi uzatmalardan foydalanmagan Serxio Aguero gol urarmidi?! Kafolat yo‘q edi bunga. Maydonda bir lahza erkin bo‘lishni istagan Vensan atrofdagi shovqin-suronni unutdi va uzoq masofadan Kasper Shmeyxel darvozasini «o‘qqa tutdi».

Ishonchim komilki, Gvardiola unga bu kabi zarba yo‘llashni topshirmagan. Buni Kompanining o‘zi xohladi. E’tiborlisi, ko‘zda tutilmagan «o‘zbilarmonlik» uchun jamoadoshlari Kompaniga jiddiy e’tiroz bildirishmadi. Gol ura olmagan taqdirda ham Vensan «Siti»da shunday mavqega ega futbolchi. Eldor Shomurodov «Rostov»da ham, milliy terma jamoada ham shunday erkinlikka ehtiyoj sezmoqda.

2. «Paxtakor» «Persepolis»ni o‘ta qiyin kechgan uchrashuvda yengishga kuch topdi. Turnir jadvalidagi taranglik yumshadi. Ketma-ket ikki uchrashuvda «sherlar» bilan rohatlanib kurashgan «Al-Sadd» ham bu borada Shota Arveladze shogirdlarini qo‘llab-quvvatladi. Superliga doirasidagi o‘yinlar tufayli turli noo‘rin dashnomlar ostida ruhan ezilayotgan «Paxtakor» uchun bu g‘alaba suv va havodek zarur hisoblanardi.

Mabodo mag‘lubiyatga uchrasa, jamoani nohaq ayblayotgan muxlislar «Ana aytgandim-ku...» de­yishlari aniq edi. Oltinga sazovor yana bir jihat shuki, Shota Arveladze jarohat olgan Javohir Siddiqov o‘rniga hech ikkilanmasdan Sobit Sindorovni maydonga tushirdi. G‘alaba golini esa kimsan muxlislar ishonchini yo‘qotgan Igor Sergeev urdi. Zaxira o‘rindig‘ida tajribali futbolchilar bo‘lsa-da, murabbiy boshqacha yo‘ldan bordi va maqsadiga yetdi.

Endi «Paxtakor» futbolchilari OCHLdagi mavqei uchun astoydil kurashadi, degan umiddamiz. Yangi tarix yaratish uchun jamoa zimmasiga shunday missiya yuklatiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar havosi tozalanishi uchun ham «sherlar»dan shunday sharaf talab etiladi...

Bo‘ldi, maqolamning davomini endi tunda yozaman. «Loko»ning o‘yinidan xabardor bo‘lib, bor e’tiborimni «Enfild»ga qarataman. Gazetachilikning ishi - shu. 8 may kuni ertalab yangi son bosmaxonaga topshiriladi.

3. Qadrli muxlislar! Maqolaning davomini cho‘zib o‘tirmayman. Chunki saharlik qilishga ham ulgurishim lozim. Shu bois qisqa qilib aytaman: «Geniysan, Gyundogan!» U qanday qilib buyuk «kambek» sodir bo‘lishiga ishondi?! Yarador jamoasini Yurgen Klopp qanday qilib shunday ulug‘vor jangga hozirladi?! Bu savollarning oqilona javobi futbolimiz uchun juda muhim.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:46, 11.05.2019.
O'qildi: 3140 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.