Boshlangan narsaning oxiri bo‘ladi deganlaridek YECHLning ham bu mavsumdagi so‘nggi o‘yini qolmoqda. Bu mavsumda hammani bir necha bor lol qoldirgan va gollar shousini taqdim etgan turnirning yakunlanishiga atigi bitta o‘yin qolmoqda. U ham bo‘lsa, hammasini hal qiluvchi final uchrashuvi. Bugun aynan final uchrashuvida Angliyaning qay klubi chempion bo‘ladi degan savol bilan mashxur murabbiylarga yuzlanamiz
Joze Mourinyu
Menda final kuni muammolar bo‘ladi. Nega deysizmi? Sababi, men Klopp va Pochettinoni birdek hurmat qilaman. Ular ikkisi ham bu turnir g‘olibligi uchun haqli! Bu kubok Yurgen uchun ham, Maurisio uchun ham o‘z klubida birinchisi bo‘lishi mumkin! O‘ylashimcha, bu fatnastik final bo‘ladi! Shunday bo‘lsada, menda ko‘proq «Liverpul» ijobiy hislar uyg‘otmoqda. Ular APL g‘olibligi uchun so‘nggi turlarga qadar kurash olib borishmoqda va YCHLda ham birdek kuchli o‘yin o‘tkazishni uddasidan chiqishdi! Bu tahsinga sazovar holat! «Tottenhem» jamoaviy futbol o‘ynaydigan kuchli klub bo‘lsada, imkoniyat «Liverpul»da biroz ko‘proq va ular final uchrashuvida fovorit, ammo unutmaslik kerakki, fovoritlar har doim ham g‘olib bo‘lavermaydi. Bu so‘zimga bu mavsumdagi YECHL isbot bo‘la oladi!
Xosep Gvardiola
«Liverpul» va «Tottenhem» final uchrashuvida ochiq futbol namoyish etishlariga shubham yo‘q. Ular o‘rtasidagi bahs chiroyli o‘tishi aniq. «Liverpul» va «Tottenhem» «Manchester Siti»dan kuchliroq bo‘lgani uchun hozir finalda to‘qnash kelmoqda. Men ularnni bu g‘alabalari bilan tabriklayman. Sezgan bo‘lsangiz, Angiliya futboli so‘nggi yillarda yuqori darajaga ko‘tarildi. Endi qit’aning grand klublari maqomi asta-sekinlik bilan APL klublari qo‘liga o‘tmoqda. Finalda qanday natija qayd etilishini topish juda mushkul. Men Madridda bo‘ladigan uchrashuvda «Liverpul»ni fovorit deb bilaman. Sababi, hozirgi «Liverpul» so‘nggi 20 yillikdagi eng kuchli va tezkori! Ular hozirda butun Yevropada tengsiz bo‘lib turishibdi!
Arsen Venger
«Tottenhem» mahkam, uyushqoq, kurashuvchan jamoa. Ular maydonning har qarichi uchun jang qilishadi. Ularning tarkibida yulduz futbolchilar yo‘qligi uchun ham g‘alaba uchun hamma birdek harakat qiladi. Men Pochettinoning klubni boshqaruviga kelganidayoq, klubda o‘sish kuzatilishiga ishongan edim. Shunday ham bo‘ldi. Klopp o‘z shogirtlari bilan o‘tgan mavsum YECHL finalini boy bergani ularga bu finalda ruhiy bosim o‘tkazishi mumkin. Sababi, tarkib va murabbiy o‘sha-o‘sha, faqat stadion boshqa holos! Siz butun turnir davomida yaxshi ishtirok etishingiz mumkin, ammo final uchrashuvi bu boshqa mavzudek gap! O‘ta ehtiyotkorlik talab etiladigan uchrashuvda asabi mustahkamlarigina g‘olib chiqishi mumkin.
O‘ylashimcha, bu final asosiy daqiqalarning o‘zidayoq hal bo‘ladi va «Shporlar» uzoq kutilgan YECHL sovriniga ega chiqishadi!