Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Afsona – Lionel Messining haykali

Afsona – Lionel Messining haykali

Baho:
+ | -2
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2016 yilning iyunida Argentina poytaxtida Lionel Messi sharafiga haykal barpo etildi. Bronzadan yasalgan ijod namunasi futbolchining haqiqiy gavdasidan biroz kattaroq bo‘lib chiqdi.

Mazkur haykal Buenos-Ayresdagi sohil bo‘yida qad rostlagan, u yerda bosh­qa argentinalik sportchilarning ham siymolarini ko‘rish mumkin: tennischi Gilyermo Vilas, basketbolchi Emanuel Jinobili, golfchi Roberto de Vichenso, regbichi Ugo Porta, suzuvchi Xose Meolans va boshqalar.

Messining haykali ham boshqalari bilan bir xil rang va uslubda tayyorlangan.

Ushbu haykalning ochilish marosimida Buenos-Ayres rahbari Leoning termadagi faoliyatini davom ettirishidan umidvor ekanini ta’kidladi. Mazkur tadbirdan bir kun avval argentinalik yulduz milliy jamoadan ketishini bildirib, jumladan shunday degandi:

«O‘ylashimcha, bu hamma uchun yaxshi bo‘ladi - birinchi navbatda men uchun, shuningdek, ketishimni xohlaganlar uchun». Bunga shahar rahbari Rodriges Larreta haykalning ochilish marosimida quyi­dagicha javob berdi:

«Ishonchim komilki, barchamiz birlashib, undan termadagi faoliyatini yakunlamaslikni so‘rasak, u qaytadi va bir kun kelib, aynan shu haykal oldida Argentina jamoasining yutug‘ini birga nishonlaymiz».

2016 yili Amerika kubogidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Messini tanqidlarga ko‘mib tashlashdi. Argentina termasi finalgacha yetib borib, penaltilar seriyasida chililiklarga imkoniyatni boy bergandi. «Barselona» hujumchisi turnir davomida bir necha marta o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, biroq hal qiluvchi bahsda 11 metrli jarima zarbasini yo‘llashda adashgan, to‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketgandi.

2017 yilning yanvarida Messining haykaliga nisbatan hurmatsizlik qilishdi. Noma’lum shaxslar haykalning yuqori qismini buzib, faqat oyoq va to‘pni qoldirishdi. Shahar ma’muriyati haykalni qayta tikladi, aybdorlar esa topilmadi.

2017 yil dekabrida haykal yana kamsitildi. Bu safar ijod namunasi butunlay buzib yuborildi, undan faqatgina tovon qismi qoldi, xolos. Gavda bo‘lagi esa yerda yotardi.

Eng ajablanarlisi, haykal buzilishi bilan bog‘liq ikkinchi voqea Messi o‘z gollari tufayli Argentina termasini JCH-2018ga olib chiqqanidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgandi. Hal qiluvchi o‘yinda Leo «xet-trik» qayd etib, jamoasining Ekvador termasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonishini ta’minlagandi.

Buenos-Ayresda Messining boshqa haykallari ham bor. Masalan, shahar o‘rtasidagi qahvaxona yonida. Mazkur haykalni kechki payt olib qo‘yishadi. Shu tariqa uning o‘g‘irlab ketilishi yoki buzib yuborilishining oldi olinadi.

Argentinadagi Famailya deb nomlanuvchi kichik qishloqda ham Messiga haykal o‘rnatishdi. Mazkur ijod namunasi o‘xshovsizligi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Haykaldagi yuz ifodasi Leoga unchalik o‘xshamaydi, to‘p esa negadir uning o‘ng oyog‘ida joylashgan, buni ko‘pchilik darhol payqagandi.

Messi o‘zining so‘nggi tug‘ilgan kunini Moskva oblastidagi Bronnisa shahrida nishonladi. 2018 yilning 24 iyun kuni Argentina termasi nigeriyaliklarga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgandi (yo‘l-yo‘l moviy rang libosdagi futbolchilarning JCH-2018dagi yagona g‘alabasi shu uchrashuvda qayd etilgandi).

Bronnisa shahri rahbarlari ushbu voqea munosabati bilan yana bir shirin haykal tayyorlashga qaror qilishdi - Messi sharafiga pishirilgan ulkan tortning og‘irligi 150 kilogramm edi. Ushbu shirinlikning barcha qismi iste’molga yaroqli edi, ammo bolakaylarga faqat tortning asosi tarqatildi.

Tashkilotchilarning fikricha, Messining haykalini yeyish g‘oyaviy jihatdan noto‘g‘ri bo‘lardi. Hujumchining o‘zi ushbu marosimga tashrif buyurmadi, qarama-qarshi tomonda joylashgan sohil bo‘yidagi bazada qolishni afzal bildi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:54, 12.05.2019.
O'qildi: 8608 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.