Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Diyor Imomxo‘jayev nima uchun milliy terma jamoa o‘yinlari viloyatlarda o‘tkazilmasligini aytdi

Diyor Imomxo‘jayev nima uchun milliy terma jamoa o‘yinlari viloyatlarda o‘tkazilmasligini aytdi

Baho:
+ | -

Muxlislardan bir savol ko‘p kelib tushadi: «Nima uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlari viloyatlarda o‘tkazilmaydi? Axir ko‘pincha yarim bo‘sh turadigan «Milliy» stadiondan ko‘ra Samarqand, Namangan yoki Qarshida o‘tkaziladigan o‘yinlarga ko‘proq muxlis tushgan bo‘lardi-ku!» 

O‘zbekiston professional futbol ligasi direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev ushbu savolga javob berib o‘tdi.

«Ayni vaqtga kelib «Nasaf», «Navbahor» va «Andijon» klublari stadionlarida milliy terma ishtirokidagi o‘yinlarni tashkil qilish mumkin. Ammo Qarshi, Namangan yoki Andijonda 5 yulduzli otellar yetarlimi, degan savol kelib chiqadi. O‘zbekiston bilan o‘ynash uchun tashrif buyurayotgan har qanday mamlakatning bosh jamoasiga faqat va faqat 5 yulduzli mehmonxona talab etiladi.

Shuningdek, bizda transport tizimida ham muammolar bor. Masalan, vodiyga biror futbol klubini avtobusda olib borishning iloji yo‘q (Qamchiq dovoni masalasi). Aviareyslar esa endi-endi ko‘paymoqda, biroq yetarli darajada emas. Oddiy misol, Berlin futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini vodiyga olib borishning eng maqbul varianti poyezd yoki samolyot emas, miniven bo‘lib chiqdi. Chunki jamoani Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishi bilan, shu yerning o‘zidan Andijon yoki Namanganga samolyotda yo‘naltirib yuborishning iloji yo‘q. Ular avval Toshkentga kirib, biror oteldan qo‘nim topib, keyingi reysni kutishlari kerak. Bu ham ortiqcha xarajat, ham vaqt talab etadi.

Viloyatdan turib Toshkentga yetib kelish esa nisbatan oson. Qolaversa, mamlakatda bosh stadion bor — «Milliy» stadion. Angliyada ham terma jamoa asosan «Uembli»da o‘ynashidan xabardorsiz. Germaniya yoki Yaponiyada yaxshi stadionlar har nuqtada bor. Qo‘shimchasiga, transport va otellar masalasida ham muammolar yo‘q. Shundan kelib chiqib, milliy terma o‘yinlarini istalgan shaharda o‘tkazishning imkoni bor.

Va yana bir sabab. Toshkentga kelayotgan terma jamoalarning ham talabi bo‘ladi. Ular o‘z rejalaridan kelib chiqib, ichki reyslarni ortiqcha deb topishlari mumkin. Ya’ni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yin bo‘ladigan ehtimoliy Samarqand, Buxoro yoki vodiyning biror shahriga borish, Toshkentga kelib, yana qayta uchishdan ko‘ra afzalroq ko‘riladi. Sir emaski, sportchilar uzoq parvozlarni yoqtirmaydi, bu holat ularning tiklanib olish vaqtiga ham ta’sir ko‘rsatadi».

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 11:03, 12.05.2019.
O'qildi: 5984 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.