Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi milliy chempionatimiz saviyasini va o‘yinlar tomoshabopligini oshirish, keng jamoatchilikning milliy futbolimizga bo‘lgan e’tibori hamda qiziqishini orttirish maqsadida qator loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Mavsum oldidan barcha klublarga lisenziyalash bo‘yicha talablar taqdim etildi. Buning natijasi o‘laroq Superliga klublari ko‘plab jabhalarda, jumladan stadion hamda maydon holati bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdi. Shuningdek, endilikda deyarli barcha klub o‘z madhiyasi hamda maskotiga ega bo‘ldi. Stadionlarga muxlislarni yanada ko‘proq jalb etish, ularga ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha yangi-yangi tashabbuslar klublarga taqdim etib kelinmoqda. Shu va boshqa masalalarni atroflicha muhokama etish maqsadida bugun O‘zPFL binosida Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov so‘z olib, mavsum boshidan buyon liga hamda klublar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, loyihalarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Ortda qolgan qisqa davr mobaynida ijobiy o‘zgarishlar ko‘p bo‘lgani, lekin ayrim jihatlar bo‘yicha hali ham kamchiliklar kuzatilayotgani ta’kidladi.

Jumladan, maydon holatining ideal tarzda bo‘lishi talab qilinayotgani va bu borada aksariyat klublar yangi chim olib kelib, futbolchilar va muxlislar uchun ayni muddao bo‘lgan ishni amalga oshirgani quvonarli. Lekin chimni shunday o‘z holiga tashlab qo‘yish emas, balki unga kerakli parvarishni mavsum davomida bir ma’romda berib borish, bu orqali esa mavsum yakuniga qadar barcha stadionlar maydoni yaxshi holatda saqlanishini ta’minlash zarur ekani alohida qayd etildi.

Shuningdek, muxlislar uchun stadion va sektorlarda qulayliklar yaratish, o‘yin kunlari va hafta davomida klub do‘konlari muntazam ishlab turishini ta’minlash, o‘yin paytida esa stadionda oziq-ovqat hamda salqin ichimliklarning maqbul va arzon narxlarda sotilishini ta’minlash, o‘yindan oldin va tanaffus vaqtida turli aksiya va shou-dasturlari uyushtirish masalasiga ham jiddiy e’tibor berish lozim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, klublarning faqat joriy mavsum emas, balki kelasi yillar uchun ham tayyorgarlikni bugundan boshlashi lozimligi, buning uchun Lisenziyalash reglamentida ko‘rsatiladigan talablar ijrosini hozirdanoq bajarishga kirishish, borgan sayin klub infratuzilmasini yaxshilashga intilish lozim ekaniga ham alohida urg‘u berildi.

Qolaversa, homiy tashkilotlar bilan ishlashni, klublarga ham homiylarni jalb etishga ko‘proq harakat qilish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada klublarning marketing bo‘limi faolligini oshirish, yakunda esa klubning o‘z harajatlarini bemalol o‘zi qoplay olishi darajasiga ko‘tarilishga intilish ayni paytda dolzarb ekani bor gap. Shuningdek, klublarning muxlislarga yanada yaqinlashishi, ishqibozlari sonini ko‘paytirishida media sohasida ham faollikni oshirishi, marketing bo‘yicha ishqibozlarga ma’qul keladigan loyiha va tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borishi zarur ekani klublar bosh direktorlariga ta’kidlandi.

Shuningdek, kecha bosh murabbiylar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, endi Professional futbol ligasi klublarning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish rejasi bilan muntazam tanishib, tahlil etib boradi. O‘yin tempini va uchrashuvlarda faol o‘yin vaqtini oshirish, buning uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini har doim barqaror ushlab turish masalasi bundan buyon jiddiy e’tiborda bo‘ladi. Mashg‘ulot maydoni, trenajyor zali bo‘yicha mabodo qaysidir klubda kamchilik kuzatilsa, uni bartaraf etishga ko‘mak ko‘rsatiladi.

Qolaversa, so‘nggi paytlarda hakamlik masalasiga Professional futbol ligasi jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. Joriy yildan e’tiboran PFL hakam, nazoratchi hamda komissarlar harajatlarini o‘z zimmasiga oldi. Natijada klub vakillarining hakamlar bilan bevosita aloqaga chiqishiga hojat qolgani yo‘q. Shu boisdan qaysidir klub vakili hakam bilan bog‘lanishga harakat qilgani ma’lum bo‘lsa, o‘sha klub jiddiy jazolanishi alohida qayd etildi.

Yana klublar shtat jadvallariga jiddiy e’tibor qaratishi lozim ekani, har bir klubda o‘z ishining ustalari faoliyat olib borishini ta’minlash, shtat bo‘yicha klubda ishlashi zarur bo‘lgan barcha mutaxassislarning chindan ham faoliyat olib borishini nazorat qilish bosh direktorlar zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, endilikda bosh direktorlardan o‘z jamoasi futbolchilarining maydonda o‘zlarini to‘liq professional tarzda tutishlarini, odob-ahloq me’yorlaridan chetga chiqmasdan, o‘yinlar payti aslo xunuk hatti-harakatlarni amalga oshirmasligini nazorat qilish, buning uchun zarur bo‘lsa ma’naviyat soatlarini tashkil etish talab qilinadi.

Klublar bosh direktorlari ham milliy chempionatimiz saviyasini, klublarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha berilayotgan ushbu ko‘rsatmalar faqat ijobiy natija berishga xizmat qilishini bildirib, bu borada o‘z taklif va mulohzalarini taqdim etishdi.  

Maydonlar holati, muxlislar bilan ishlash, homiy tashkilotlar va hamkorlar sonini oshrish, lisenziyalash talablari va ularning ijrosi, hakamlik, o‘yinlar tashkilotchiligi kabi ko‘plab masalalar muhokama etilgan yig‘ilishda barcha o‘z takliflarini bildirdi, o‘zaro fikr almashinib, yuqorida sanab o‘tilgan sohalarda ishni yanada jadallashtirishga e’tibor berilishi kelishib olindi. 

Manba: PFL
Kiritildi: 14:42, 14.05.2019.
O'qildi: 2497 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.