Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Abbos Fayzullayev SSKAning «Rostov»ga qarshi o‘yinida eng yomon futbolchilardan biri bo‘ldi

Abbos Fayzullayev SSKAning «Rostov»ga qarshi o‘yinida eng yomon futbolchilardan biri bo‘ldi

Baho:
+ | -

SSKA klubi o‘z muxlislarini yana bir bor hayratda qoldirdi: "Rostov"ga o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi.

Harbiylar o‘yinning boshida birinchi golni urgan bo‘lsa-da, o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng "Rostov" tezda o‘zini o‘nglab, o‘yinni nazoratga oldi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar mehmonlarning darvozasiga hujumlar yaratishni butunlay to‘xtatib, hatto bir marta ham darvozaga zarba bera olmadi. Himoyada shunchaki "o‘tirish" ham ish bermadi – "Rostov" hujumchisi Yegor Golenkov SSKA himoyasini yorib o‘tib, armiyachilarni bu o‘yinda ochkolardan mahrum qildi.

Football24 nashri "Rostov"ga qarshi o‘yinda SSKA tarkibidagi o‘z darajasidan past o‘yin namoyish etgan futbolchilarni sanab o‘tdi.

Danil Krugovoy

SSKA qanot himoyachisi Danil Krugovoy uchun bu o‘yin muvaffaqiyatli kechmadi. Deyarli butun o‘yinni maydonda o‘tkazgan Danil jamoa o‘yinini hujumda kuchaytirishga hech qanday hissa qo‘shmadi va raqib darvozasiga bir marta ham zarba bermadi. Biroq, u maydonning markazida qoidalarni buzgani uchun keraksiz sariq kartochka olishga ulgurdi.

Abbosbek Fayzullayev

SSKAning o‘zbek vingeri bugungi kunda jamoa o‘yinining asosiy figuralaridan biri bo‘lib, muxlislar har bir o‘yinda yarim himoyachidan faol harakatlarni kutadilar. Ammo "Rostov"ga qarshi o‘yinda Abbos muxlislarning umidlarini oqlay olmadi. U bugun raqib darvozasiga faqat bir marta zarba berdi. U hech qanday muvaffaqiyatli driblingni amalga oshira olmadi.  Abbos raqib futbolchilari bilan 6 marta to‘p uchun kurashga kirishib, ularning beshtasida imkoniyati boy berdi.

Kristian Bistrovich

"Rostov"ga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmagan yana bir SSKA o‘yinchisi – Kristian Bistrovich. Paradoks shundaki, yarim himoyachi o‘yin davomida almashtirilmadi va butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi. U deyarli driblingga urinish qilmadi, faqat bir marta darvozaga zarba berdi va qatnashgan sakkizta kurashning yarminigina yutdi.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 22:58, 23.11.2024.
O'qildi: 3549 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.