Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

JCH-2026 da tanilgan Kabo-Verde darvozaboni Vozinyaning yangi jamoasi ma’lum

JCH-2026 da tanilgan Kabo-Verde darvozaboni Vozinyaning yangi jamoasi ma’lum

Baho:
+ | -

Jahon chempionatida muxlislarga tanilgan Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya faoliyatini Chilida davom ettirishi mumkin. Mahalliy «Kolo-Kolo» klubi prezident Anibal Mosaning topshirig‘iga ko‘ra 40 yoshli posbon bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Sesar Luis Merlo X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Kolo-Kolo» bosh murabbiyi Fernando Ortis Vozinyani jamoasiga olib kelishni shaxsan so‘ramagan, ammo muzokaralar davom ettirilishiga va o‘yinchining tarkibda paydo bo‘lishi ehtimoliga qarshi emas.

Vozinya JCH-2026 da to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, ulardan ikkitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Portugaliya ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Shavish» klubi bilan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga yetdi. Kabo-Verde terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etdi va 1/16 finalda Argentinaga (2:3) imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Kiritildi: 11:44, 24.07.2026.
O'qildi: 10435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик