Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Xavi: "Bu Yamal yoki Messining "Real"ga o‘tishi bilan barobar edi"

Xavi: "Bu Yamal yoki Messining "Real"ga o‘tishi bilan barobar edi"

Baho:
+2 | -

Xavi Ernandes Luish Figuning "Barselona"dan "Real"ga shov-shuvli transferi kataloniyaliklar klubiga qanchalik katta ta’sir ko‘rsatganini esladi va bu voqeani jamoa ichidagi haqiqiy shok deb atadi.

The Prakhar Gupta Xperience loyihasiga bergan intervyusida Xavi Figu 2000 yilda eng ashaddiy raqib "Real"ga o‘tishidan avval "Barselona"ning yetakchisi va sardori bo‘lganini ta’kidladi.

"Figu bizning yetakchimiz va sardorimiz edi. Uning ketishi kiyinish xonasida haqiqiy shok bo‘ldi.

Tasavvur qiling, Lamin Yamal yoki Messi "Real" bilan shartnoma imzolasa, o‘sha paytdagi ta’sir xuddi shunday darajada edi", — dedi Xavi.

Shuningdek, u Figu ketganidan keyin "Barselona" uch-to‘rt yil davomida sovrin qo‘lga kirita olmaganini aytdi.

Keyinchalik Xavi Ronaldinyo bilan birga klubning qayta tiklanishiga guvoh bo‘ldi va Pep Gvardiola boshchiligidagi muvaffaqiyatli davrning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Sobiq yarim himoyachi keyinchalik "Barselona"ga bosh murabbiy sifatida qaytdi va Lamin Yamalning ilk rivojlanish bosqichida ham muhim rol o‘ynadi.

Kiritildi: 16:32, 21.09.2026.
O'qildi: 3559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик