Rafinya 2026/2027 yilgi mavsumni markaziy hujumchi pozisiyasida boshladi. La Liga va Chempionlar ligasidagi sakkizta o‘yinda braziliyalik futbolchi o‘z hisobiga 14 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.
El Nacional xabariga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinyani o‘tgan mavsumdagi kabi xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirgan. Germaniyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining terma jamoasidagi o‘rtoqlik o‘yinlarida haddan tashqari zo‘riqishini va jarohat olish xavfiga duch kelishini xohlamaydi.
«Flik Rafinyaning terma jamoada qancha vaqt o‘ynashini hal qila olmaydi, ammo u o‘z murojaatini futbolchiga aniq yetkazdi: organizmga quloq solish va charchoq alomatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur», — deyiladi xabarda.
«Barselona» 21 ochko jamg‘arib, yetti turdan so‘ng Ispaniya chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.













